Yamanning «Ansorulloh» isyonçi harakati (husiylar) Ar-Riyozda joylaşgan Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi binosiga raketa zarbasi berganini eʼlon qildi. Bu haqda husiylarning harbiy qanoti vakili, brigada generali Yahyo Soria xabar berdi. Uning taʼkidlaşiça, ballistik raketa aniq borib nişonga tekkan.
Bundan taşqari, husiylar Saudiya Arabistonining janubi-ğarbidagi Abxa xalqaro aeroportiga dron yordamida hujum uyuştirgani, buning oqibatida aviaqatnovlar izdan çiqqani haqida maʼlum qildi. Şuningdek, Ras-Tannuradagi neftni qayta işlaş zavodi ham öqqa tutilgan.
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi husiylar tomonidan Ar-Riyoz tomon uçirilgan ikkita ballistik raketa urib tuşirilgani haqida xabar berdi. Saudiya Arabistoni fuqaro mudofaasi boşqarmasi maʼlumotlariga köra, raketa parçalari bino, qurilayotgan obyekt va avtomobilga zarar yetkazgan, şu bilan birga, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot kelib tuşmagan.
Husiylar, şuningdek, Najron şahri aeroportida va Xamis-Muşayt aviabazasida joylaşgan ikkita harbiy-transport samolyotiga ballistik raketalar bilan zarba berganini maʼlum qilib, hujumlar belgilangan maqsadlariga yetganini taʼkidladi.
















