Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sanoga 6 marta havo hujumi uyushtirdi
Hujum qilingan obektlar orasida Mudofaa va Axborot vazirliklari binolari ham bor.
Foto: Anadolu Agency
Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiychilar AQSh va Buyuk Britaniya poytaxt Sanoga oltita havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.
Husiychilarning «Al-Masirah» telekanalining Telegramʼdagi sahifasida berilgan xabarda, AQSh va Buyuk Britaniyaning poytaxt Sano shahriga, jumladan, mudofaa va axborot vazirliklari binolariga 6 marta havo hujumi uyushtirgani bildirildi.
Hujum natijasida qurbon bo‘lganlar yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi, yetkazilgan zarar haqida ma’lumot berilmagan.
AQSh va Buyuk Britaniya bu borada hozircha bayonot bergani yo‘q.
Husiychilar harbiy vakili Yahyo Seri o‘z bayonotida husiychilarga aloqador Yaman qurolli kuchlari raketalardan foydalangan holda ikkita «mahoratli harbiy operatsiya» o‘tkazganini aytdi.
Seriga ko‘ra, birinchi operatsiyada «Bosib olingan Falastinning Yaffa hududidagi Ben Gurion Isroil aeroporti ikkita gipertovushli ballistik raketa bilan urilgan», «ikkinchi operatsiyada esa, ishg‘ol ostidagi Quddus janubida elektr stansiyasiga ballistik raketa tegdi»
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalar ikkala holatda ham nishonlarni muvaffaqiyatli urgan. Serining ta’kidlashicha, hujum «USS Harry Truman aviatashuvchisidan mamlakatga ko‘p sonli dron va raketalarning uchirilishi» bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
15:23 / 31.08.2025