Xitoyning Yunnan provinsiya kompartiyasining sobiq kotibi Bay Enpay katta hajmda pora olganlikda aybdor, deb topildi va ijrosi ikki yil muddatga belgilangan ölim jazosiga hukm qilindi.
Xenan provinsiyasi Anyan şahar sudi qaroriga köra, Enpay siyosiy huquqlardan ham mahrum qilingan, uning mol-mulki esa musodara qilinadi. Bu haqida Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
Manbaga köra, pora hajmi 46 million yuanga (taxminan 37 million dollar) baholangan.
Ta'kidlanişiça, ölim jazosi ijrosini keyinga qoldiriş oliy jazodan şartli ravişda (bu davr mobaynida aybdor yangi jinoyatlarga qöl urmaslik şarti bilan) ozod qilişni bildiradi.
Anyan sudi qaroriga muvofiq, Enpayu işining qayta körib çiqilişi davomida ölim jazosi (muddatidan avval ozod qiliş huquqisiz) umrbod qamoq jazosiga özgartirilişi mumkin.












