Boliviya va Braziliya terma jamoalari örtasida JÇ-2018 saralaşi doirasida keçgan uçraşuvda Neymarga qasddan jarohat yetkazib, uning yuzini qonga belagan Yasmani Duk nega bunday qilganini izohlab, braziliyalik futbolçiga maslahat berdi.
«Neymar dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölişni istasa, raqibni hurmat qilişni örganişi va takabburligini bas qilişi kerak. Mening burnimni sindirişganida bundan şikoyat qilmagandim. Futbol – şunday töqnaşuvlar röy beradigan öyin.
Men vaziyatni körib turgandim va töpni töxtatişga harakat qildim. Neymar meni aylanib ötmoqçi bölganida uni töxtatdim. Men uning yuziga ataylabdan urganim yöq edi. Afsuski, qölim qattiq tegib ketdi», – deya futbolçining sözlarini keltirgan Sport.es naşri.














