Köpçilikning örindan qözğalmay biror bir joyga sayohat qiliş orzusi har qaçongidan yaqin. Etihad Airways aviakompaniyasi bu yönalişda hammani ortda qoldirdi va A380 bortida butun boşli xonalarni yaratdi. Aviatsion suratkaş Marina Listseva ana şunday laynerda sayohat qilişni taklif etadi.


Bir yildan ortiqroq vaqt ilgari aviakompaniya samolyot körinişini biroz özgartirgandi, eng birinçi böyalgan bort A380 böldi: BAA bayroği va gerbining örniga kilga turli rangdagi uçburçaklardan iborat rasm çizildi.

A380 aerobusi - ikki qavatli, 4 xil örinli: iqtisodiy, biznes, birinçi toifa va qarorgoh. Yuqori palubada lyukslar joylaşgan.

Ikki yölovçiga möljallangan qarorgoh zinadan öng tomonda joylaşgan. 12 kvadrat metrli maydonda 3 xona mavjud: mehmonxona (oşxona va kinozal şuning içida), yotoqxona va hammom hamda hojatxona. Qarorgohda Londonning Savoy mehmonxonasida tahsil olgan xodimlar xizmat körsatmoqda.

Bunday qarorgohda, masalan, Abu Dabidan Londonga parvoz qiliş 77 ming dirhamni taşkil qiladi. Şunisi diqqatga sazovorki, bir yilga möljallangan çiptalar allaqaçon xarid qilib bölingan.

Yotoqxona

Bir yölovçiga möljallangan birinçi toifa saloni biroz "oddiyroq" körinişga ega: uning maydoni taxminan 5 kvadrat metrdan iborat. Xuddi öşa yönalişdagi çipta - Abu-Dabi - London, 31-36dirhamni taşkil qiladi.

Tösiqni tuşirib, yoningizdagi qöşningiz bilan muloqot qiliş mumkin. Anglaşmovçiliklarga yöl qöyilmaslik uçun tösiqning ikkinçi yarmi tuşirilmaydi.

Tozalaş xonasi

Biznes-toifaga ötamiz. Bu yerda har bir kişi öziga ajratilgan tösiqli joyda ötiradi, bu tösiqni pultni bosib kötariş mumkin. Kreslo gorizontal krovat holatiga keltiriladi.

Yölovçi töplami - paypoqlar, tiş çyotkasi, taroq va yölda kerak böluvçi boşqa anjomlar.

Samolyot dumidagi yuqori palubada dam oliş xonasi mavjud - biznes-toifadagi yölovçilar uçun bar va divanlar.

Pastga tuşamiz va iqtisod-toifaga nazar solamiz. Nihoyat, kimdir yostiqçalarni yanada qulay qilişning uddasidan çiqibdi.

Yölovçi va bort kuzatuvçilari uçun favqulodda çiqiş joylari.

Bolalar töplami

Uçuvçilar kabinasi

Boşqaruv kabinasi ortida ekipajning dam oliş joylari mavjud. Bu yerda ekipaj a'zolari 1-2 soat mizğib olişi uçun kreslo va yotadigan joy bor.

Yoqimli parvoz tilaymiz!
Suratlar: Marina Lystseva












