Etihad Airwaysʼning Abu-Dabidan amalga oşirilgan ilk reysi Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi. Şu tariqa, aviakompaniya Özbekiston yönalişida muntazam qatnovlarni yölga qöydi.
Yangi yönaliş doirasida Abu-Dabi va Toşkent örtasida har kuni töğridan töğri reyslar amalga oşirilişi belgilangan. Aviakompaniyaning rasmiy saytida ham Abu-Dabi - Toşkent yönalişi böyiça reyslar sotuvga qöyilgan.
Bundan taşqari, Etihad Airways va Uzbekistan Airways örtasida kodşering kelişuvi imzolangan. U orqali Etihad yölovçilari Toşkentdan Samarqand, Urganç, Nukus, Termiz, Farğona, Namangan, Andijon va Buxoroga yagona aviaçipta orqali sayohat qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Etihad Airways 2003-yilda taşkil etilgan bölib, Birlaşgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy xabi Abu-Dabida joylaşgan.
Yangi muntazam reyslar Özbekiston va BAA örtasidagi transport aloqalarini kengaytiriş, şuningdek, Toşkent orqali boşqa şaharlarga sayohat qiliş imkoniyatlarini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















