Kuvaytda çop etiladigan «As-Siyasa» gazetasida «Özbekistonda bölajak prezidentlik saylovlari oşkoralik muhitida ötadi» sarlavhasi ostidagi maqola bosilib çiqdi. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar bergan.

Maqola Özbekistonda 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mavzusiga bağişlangan.

Unda Özbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan, joriy yil 4 dekabrda respublikada davlat rahbari saylovlari bölib ötajagi töğrisidagi xabarni gazetxonlar e'tiboriga havola etiş bilan boşlanadi. 

Maqolada “Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat Prezidenti sayloviga 4ta partiyadan körsatilgan nomzodlar iştirok etişini tasdiqladi. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston liberal-demokratik partiyasi Özbekiston Prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari Sarvar Otamuratov, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va Özbekiston Xalq demokratik partiyasi öz yetakçilari Narimon Umarov va Hotamjon Ketmonov nomzodlarini mamlakat Prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ilgari surgani” ma'lum qilingan.

Kuvayt gazetasi saylov jarayonining barça bosqiçlarida oşkoralik va oçiqlikni ta'minlaş oldinda turgan Özbekiston Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik köriş çoğidagi asosiy ustuvorlik hisoblanişini qayd etgan. Şu bois Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti, Islom hamkorligi taşkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida iştirok etiş uçun rasman taklifnomalar yuborganini alohida ta'kidlagan.

“Bir vaqtning özida saylovlar monitoringi uçun 300 nafardan ziyod kuzatuvçi ham akkreditatsiyadan ötadi”, deb yozadi naşr.

Şuningdek, «As-Siyasa» gazetasi saylovoldi kampaniyasida saylov komissiyalari faoliyatini izçil va töliq yoritişga, Özbekiston Prezidentligiga nomzodlar uçun ommaviy axborot vositalaridan foydalanişda keng va teng imkoniyatlar yaratilişini öz öquvçilarining e'tiboriga havola qilgan. 

Bundan taşqari, maqolada Özbekiston Respublikasi taşqi siyosatining asosiy yönalişlari haqidagi ma'lumotlar ham öz ifodasini topgan. 

Naşr Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 71-sessiyasining umumiy munozaralaridagi çiqişiga tayangan holda Özbekiston özining asosiy manfaatlarini himoya qiliş va ilgari surişga qaratilgan taşqi siyosatini izçil davom ettirişi ham ma'lum qilingan. 

Şu bilan birga, muallif Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning respublika bundan buyon ham barça xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni davom ettirişi, bu borada Özbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tibori va pozitsiyasini yanada kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Taşqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi faol amalga oşirilişini ham qalamga olgan.

Maqola intihosida oldinda turgan mazkur saylovlar umum miqyosda qabul qilingan demokratiya tamoyillari hamda amaldagi milliy qonunçilik me'yorlariga muvofiq ravişda ötkazilişiga komil işonç bildirilgan.