Britaniya hukumati rahbari Tereza Mey qirollikni YeI tarkibidan çiqişi masalasini milliy parlamentda qaytadan ovoz berişga qöyişni nomaqbul ğoya, deb hisoblaydi. Bu haqda boş vazirning rasmiy vakiliga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Öylaymanki, parlament vaziyatni rivojlantiriş uçun bahs-munozaralar ötkazadi va jarayonni öta diqqat bilan tahlil etadi. Bu öta zarur va töğri bölar edi, - deb rasmiy vakilning sözlarini keltiradi agentlik. – Ikkinçi bor ovoz beriş yoki britan xalqining xohiş-irodasini qayta körib çiqiş, oldindagi eng nomaqbul yöldir".

Ma'lumot örnida: Joriy yilning 23 iyun kuni jamoatçilik referendumida 51,9 foiz britaniyalik Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişini yoqlab ovoz bergan edi. Ötgan hafta mamlakat boş vaziri Tereza Mey qirollikni taşkilot tarkibidan çiqişi yuzasidan olib boriladigan muzokaralar 2017 yilning mart oyidan boşlanişini aytib ötgan.