11 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining yangi tayinlangan rahbari, elçi Eduards Stipraysni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan. 

Stiprays vazirga işonç yorliqlari nusxasini topşirdi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat çoğida ta'kidlanganidek, Özbekiston va Yevroittifoq örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda ularga köp qirrali tus beriş ikki tomon manfaatlariga mos keladi.

Uçraşuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almaşildi.