13 oktabr kuni Nobel qömitasi adabiyot böyiça mukofot sohibini e'lon qiladi. Nobel mukofoti ta'sis etilganidan buyon 112 nafar kişiga topşirilgan, ulardan 14 nafari - ayol kişi.
Adabiyot böyiça Nobel mukofotini qölga kiritganlar orasida dunyoga maşhur Rabindranat Tagor (1913), Anatol Frans (1921), Bernard Şou (1925), Tomas Mann (1929), German Gesse (1946), Uilyam Folkner (1949), Ernest Xeminguey (1954), Gabriel Garsia Markes (1982) kabi mualliflar nomini qayd etiş mumkin.
Adabiyot yönalişidagi ğolibning nomi e'lon qilinişi arafasida TASS agentligi mukofotning avvalgi sohiblari haqidagi qiziqarli faktlarni taqdim etdi.
1. Mukofotdan voz keçiş

Lev Tolstoy Nobel mukofoti - bu eng avvalo, "faqatgina yomonlik olib keluvçi pul", deb hisoblagan. 1906 yilda Nobel mukofotiga yozuvçining nomzodi qöyilgan. Bundan xabar topgan Tolstoy özining dösti fin tarjimoni Arvid Yarnefelt orqali şved hamkasblaridan mukofotni unga topşirmaslikni söragan.
Frantsuz yozuvçisi Jan-Pol Sartr 1964 yilda mazkur mukofot sovrindori bölgan, lekin uni qabul qilişdan boş tortgan. Sartr rasmiy mukofotlarni tan olmagan va "burjua tomonidan tan oliniş"ni istamagan. Mukofot ijodida asosiy e'tiborni erkinlik ruhiga qaratgan yozuvçi falsafasiga zid bölgan. Şu yilning özida Sartr adabiy faoliyatiga butkul nuqta qöygan.
2. Eng yoş sovrindor

Adabiyot böyiça eng yoş Nobel mukofoti sovrindori ingliz şoiri va yozuvçisi Redyard Kipling bölgan. U 1907 yilda "kuzatuvçanlik, yorqin tasavvur, ğoyalar yetukligi va buyuk iste'dodi uçun" uşbu nufuzli mukofotga munosib körilgan. Maşhur Maugli haqidagi asar muallifi 42 yoşida mukofotni qölga kiritgan. Bunga qadar Kipling 4 roman, 13 tom hikoya, 3 tom bolalar hikoyalari, şuningdek bir qator şe'rlar va safar eslatmalarini yozişga ulgurgan.
3. Mukofot pulidan voz keçiş

Irlandiyalik dramaturg Bernard Şou 1926 yilda özining Nobel mukofotini hazillaşib "bu yil heç narsa çop etmay, dunyoga yengillik baxş etganim uçun minnatdorçilik belgisi", deb ataydi va mukofot pulidan voz keçadi. Şou uni "qirğoqqa muvaffaqiyatli yetib olgan suzuvçiga taşlangan qutqaruv doirasi"ga qiyoslaydi hamda mukofot pulini şved adabiyotining ingliz tiliga tarjima qilinişiga sarflaşni söraydi. Sözining yakunida Şou şunday deydi: "Alfred Nobelni dinamitni ixtiro qilgani uçun keçiriş mumkin, lekin faqat insoniyat duşmanigina Nobel mukofotini kaşf qila oladi!"
4. Eng keksa sovrindor

Ingliz fantast yozvçisi Doris Lessing 2007 yilda mukofotni qölga kiritganida 88 yoşda bölgan, u Nobel tarixidagi eng keksa mukofot sohibi hioblanadi.
Uning eng maşhur romanlaridan biri - "Oltin kundalik" (The Golden Notebook, 1962 yil) - feministik adabiyot klassikasi, deya tan olinadi. Yozuvçining sönggi ijod namunalari orasida eng muhimlari - "Beşinçi farzand" (The Fifth Child, 1988 yil) va "Ben odamlar orasida" (Ben, in the World, 2000 yil). Intervyulardan birida Doris Lessing uning ijodi bilan tanişuvni aynan şu kitoblardan boşlaşni tavsiya qiladi. Şuningdek yozuvçi köplab hikoyalar, publitsistik maqolalar va Angliya teatrlarida sahnalaştirilgan qissalar muallifidir.












