Osloda tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati eʼlon qilindi. Bu yil Navanethem (Navi) Pilley «tinçlik va xalqaro huquqni tarğib qilişdagi saʼy-harakatlari uçun» mukofotlandi.

Pilley xonim muqaddam BMTning Ruanda böyiça Xalqaro jinoiy tribunalida iştirok etgan, jumladan tribunal raisi bölgan. 2003-yildan 2008-yilgaça Xalqaro jinoyat sudi (XJS) sudyasi sifatida faoliyat körsatgan. 2008–2014-yillarda esa BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari edi.

Joriy yilda diplomatiya va gumanitar faoliyat sohasidagi eng nufuzli mazkur mukofotga yuzlab kişilar tavsiya etilgandi.

Nomzodlar röyxati 50 yil davomida sir saqlanadi, şuning uçun jamoatçilik unda Donald Trampning nomi bor-yöqligini hali uzoq vaqtgaça bila olmaydi: u bir neça yildan beri öziga şunday mukofot berilişini sörab kelmoqda.

AQŞ prezidenti «sakkizta uruşga çek qöygani»ni va mukofotga eng loyiq odam ekanini taʼkidlaydi.

«Ular mendaylarga mukofot bermaydigan odamlar. Va menimça, bu ularni obrösizlantiradi. Men buni nafrat yuzasidan aytayotganim yöq», – dedi Tramp şu kunlarda ham bu masalaga töxtalib.

Manbalarga köra, Oslodagilar Eronga qarşi boşlangan uruş, hududiy daʼvolar, xususan, Grenlandiyaga bölgan daʼvolar, muhojirlarga nisbatan qatʼiy siyosat, şuningdek, xalqaro hamkorlik va ommaviy axborot vositalariga hujumlari tufayli Amerika prezidentini munosib nomzod deb hisoblamaydi.

Şu bilan birga, Tramp Nobel qömitasining oltin medaliga ega. 2025-yilda tinçlik böyiça Nobel mukofotini olgan venesuelalik muxolifatçi Mariya Korino Maçado öz medalini unga berib yuborgandi.

U Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika kuçlari tomonidan qölga olinganidan söng Trampni mukofotga loyiq deb topgandi. Biroq buning evaziga u Oq uyning siyosiy qöllab-quvvatloviga erişa olmadi.

Har bir Nobel mukofoti diplom, oltin medal va 1,2 million dollar miqdoridagi pul mukofotini öz içiga oladi.