Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev özini ança yaxşi his qilmoqda, deya ma'lum qilgan respublika rahbarining qizi, senator Dariga Nazarboyeva.

Seşanba, 11 oktabr kuni Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati Nazarboyev şamollab qolgani bois, rejali davolaş kursini ötayotgani haqida xabar qilgan edi. Uning barça xalqaro safarlari bekor qilingandi. 

"Hozir ança yaxşi", — degan Nazarboyeva mamlakat parlamenti yuqori palatasining majlisidan söng, prezident soğliği haqida berilgan savolga javob berar ekan.