Yurtimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar samaralarini bugun biz turmuşimiz farovonligida, keng kölamdagi quriliş va obodonçilik işlari misolida körişimiz mumkin. 

Mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanişi yölidagi sayi- harakatlari natijasida köplab ijobiy işlar amalga oşirilmoqda.
Bugun Andijon şahrida zamonaviy körinişdagi  “Özbegim” savdo markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirga jamoatçilik va aholi vakillari taşrif buyurdilar. Unda söz olgan Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov mamlakatimizning barça joylarida bölgani kabi viloyatda olib borilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlari, tadbirkorlik sohasiga berilayotgan imkoniyatlar  haqida sözlab, barçani muhtaşam savdo va köngiloçar markazning oçilişi bilan qutladi. 

Mazkur inşootda qisqa muddatlarda barça qulayliklarni özida mujassam etgan holda barça zaruriy savdo va xizmat körsatiş kompleksi taşkil qilindi.  
Markazda bir vaqtning özida 4000 kişini qamrab oliş imkoniyati mavjud.  Jumladan, uşbu inşootda 320 dan ortiq yangi iş örinlari yaratilib, kompleksda xar xil xizmat turdagi restoran va kafelar, eng oxirgi texnologiya asosida 3 ta kinoteatr zallari, zamonaviy bolalar öyingohi, 3 turdagi (oziq-ovqat, kiyim-keçak, maişiy buyumlar) savdo majmualari taşkil qilingan.

Mehmonlar majmuada aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar.

Elmurod Ermatov, Andijon