Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, tezkor tadbir DXXning Toşkent şahar va Andijon viloyati böyiça boşqarmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan.

Tadbirda 1987-yilda tuğilgan, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan fuqaro aşyoviy dalillar bilan uşlangan. U şartli xaridorga sotgan qalbaki pullar 100 va 200 ming sömlik soxta banknotlardan iborat bölgan.

Tezkor tadbir davomida uning yaşaş xonadoni ham közdan keçirilgan. U yerdan qalbaki banknotlar tayyorlaşda foydalanilgan kompyuter, Epson rusumli printer, qoğoz kesuvçi uskunalar hamda A4 hajmdagi maxsus qoğozlarga çop etilgan yarim tayyor 50 va 100 ming sömlik kupyuralar topilgan.

Mazkur aşyolar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Holat yuzasidan DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi tomonidan fuqaro va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Uning jinoiy aloqalarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.