Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston respublikasi va 12 viloyatda aholi hayot darajasi va sifatini oşirişga qaratilgan infratuzilma obektlarini rivojlantiriş hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etiş böyiça 14 ta örta muddatli dasturlar loyihalarini tayyorlanadi.

13 oktabr kuni ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Şavkat Mirziyoyev, vazir örinbosarlari, bir qator vazirlik, idora, xöjalik birlaşmalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari rahbarlari iştirokida ötkazilgan majlisida rahbar xodimlarga aholi hayot darajasi va sifatini oşirişga qaratilgan infratuzilma obektlarini rivojlantiriş hamda eng muhim ijtimoiy masalalarni hal etiş böyiça 14ta örta muddatli dasturlar loyihalarini tayyorlaşni tugallaş va tasdiqlaş uçun kiritiş topşirilgan. 

Bular qatorida suv, elektr ta'minoti, aholiga transport xizmatini körsatişni yaxşilaş, mahalliy avtomobil yöllarini ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş, maktabgaça ta'lim muassasalari va bozorlarni modernizatsiyalaş, kam ta'minlangan va yoş oilalar uçun arzon uy-joylar quriş, aholini arzon dori vositalari bilan ta'minlaş, ayollar, bolalar va pensionerlarga tibbiy xizmat körsatişni yaxşilaş dasturlari işlab çiqiladi.