Qöşma ştatlar KXDR Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlaştirmasligi, yangi raketa sinovlari ötkazişdan tiyilişi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Geri Ross ma'lum qilgan.
"Biz Şimoliy Koreyaning avvalgi raketa sinovlari va hozirgi vaziyatni muhokama qildik. Biz BMTga öz xavotirimizni bildirdik. KXDR bu harakatlari uçun mas'uliyatni zimmasiga olişi kerak", deya Rossning sözlarini keltirgan TASS.
Pentagon vakili ta'kidlaganidek, AQŞ KXDRdagi yangi raketa sinovini qoralaydi va uşbu masalani BMT Xavfsizlik kengaşida körib çiqişga olib çiqmoqçi. Raketalar uçiriş KXDRga BMT Xavfsizlik kengaşining avvalgi qarorlari bilan bevosita taqiqlangan.
Bundan oldinroq, KXDR örta masofaga harakatlanuvçi ballistik raketa sinovini ötkazgani ma'lum bölgandi. AQŞ Qurolli kuçlari Strategik qömondonligi bayonotida raketa Kuson şahri yaqinida 14 oktabr, juma kuni mahalliy vaqt böyiça keçga yaqin uçirilganligi ta'kidlangan.












