Zelenskiyning ta’kidlaşiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, gap KXDRda işlab çiqarilgan ballistik raketa haqida ketmoqda. Şu bilan birga, u yakuniy xulosalar ekspertiza natijalari e’lon qilingaç berilişini qayd etdi.
«Albatta, hali ekspertizalar ötkaziladi, barça holatlar tekşiriladi. Ammo hozirgi ma’lumotlarga köra, bu - Şimoliy Koreya ballistik raketa sidir», - dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy xalqaro hamkorlarni Rossiyaning navbatdagi zarbasini qoralaş bilan çeklanmasdan, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketa yetkazib berişga va Moskvaga nisbatan bosimni yanada kuçaytirişga çaqirdi. Uning fikriça, faqat şunday çoralar Rossiyaning keyingi hujumlarini töxtatişi mumkin.
30 iyulga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina şaharlariga, jumladan Kiyevga ham raketa hujumlari uyuştirdi. Dnipropetrovsk viloyatining Kriviy Rix şahri yaqinidagi Raduşne qişloğida ballistik raketa xususiy uyga kelib tuşgan. Oqibatda bir oiladan olti kişi, jumladan 6 yoşli qizaloq hamda 11 va 17 yoşli ikki öğil bola halok bölgan.
Bundan avval ham Zelenskiy Rossiya Şimoliy Koreya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirişga intilayotganini bildirgan edi. Uning aytişiça, Moskva Pxenyandan yana 30 ming nafar harbiy xizmatçi olişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, KXDR Rossiyaga ballistik raketa uçiriş qurilmalarining yangi partiyasini yetkazib berişga tayyorlanayotgani haqida ham ma’lum qilingan.
Ukraina prezidenti Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi harbiy hamkorlikni Osiyo mintaqasi xavfsizligi uçun ham jiddiy tahdid deb baholadi. Uning fikriça, Moskva Pxenyanga zamonaviy uruş tajribasini özlaştirişda yordam bermoqda.
2024 yilda Rossiya va Şimoliy Koreya «har tomonlama strategik şeriklik» töğrisidagi şartnomani imzolagan edi.














