Pxenyan Rossiyaga nafaqat qurol-yaroğ, balki harbiy xizmatçilar va raketa bölinmalarini ham yuborayotgani haqida xabarlar bor. 90 nafar şimoliy koreyalik harbiydan iborat bölinma 120 ta ballistik raketa va 6 ta uçiriş qurilmasi bilan Rossiya ğarbiga joylaştirilişi aytilyapti. Bu amalga oşsa, KXDRning uruşdagi iştiroki yangi bosqiçga ötadi. Bunday vaziyat Kiyevning javob çoralariga, şuningdek Seul va Tokioning Ukrainani köproq qöllaşiga olib kelişi mumkirn.
Mavzu yuzasidan Kun.uz studiyasida siyosiy tahlilçilar bahsga kirişdi.
Şavkat Saidov: Şimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida tobora faolroq iştirok etmoqda. Avvalroq koreys askarlari Kursk viloyatidagi janglarda qatnaşgan edi. Sönggi paytlarda esa Şimoliy Koreya Rossiyaning ğarbiy hududlariga qöşimça raketa tizimlari va harbiy mutaxassislarini yuborişi haqida xabarlar paydo böldi. Agar şunday bölsa, ular Ukraina hududiga qarşi qöllanişi mumkin.
Bu esa muhim savolni yuzaga keltiradi, ya’ni uşbu raketa tizimlaridan Şimoliy Koreya harbiylari foydalanadimi yoki Rossiya harbiylari? Yana bir variant – Şimoliy Koreya mutaxassislari Rossiya harbiylariga instruktor sifatida yordam berişi mumkin, bunda raketa tizimlarining özini Rossiya harbiylari boşqaradi, koreys mutaxassislari esa ulardan foydalaniş böyiça texnik va harbiy kömak beradi.
Bundan taşqari, Şimoliy Koreya 30 ming kişilik qöşin guruhini şakllantirayotgani haqidagi xabarlar ham mavjud. Bu kuçlarning Rossiya hududida qanday vazifani bajarişi masalasi oçiq qolmoqda.
Mening nazarimda, Şimoliy Koreya öz harbiylarini bevosita Ukraina hududiga kiritişi ehtimoli yuqori emas. Çunki bunday qadam mojaroning xalqaro miqyosda yanada keskinlaşişiga sabab bölişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi harbiy hamkorlik tobora kuçayib bormoqda. Bu jarayon, tabiiyki, Ukraina atrofidagi geosiyosiy vaziyatga ham ta’sir körsatmoqda. Uruşning dastlabki yillarida, xususan 2023–2024-yillardan boşlab Şimoliy Koreyaning minglab harbiy xizmatçilari Rossiyaga kelgani haqida ma’lumotlar paydo böldi. Bu esa mojaro atrofidagi geosiyosiy vaziyatni yanada murakkablaştirdi va qarama-qarşilikning xalqaro tusini kuçaytirdi.
Buning fonida Janubiy Koreya va Yaponiya ham Ukrainaga kömakni kuçaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri – har ikki davlat Şimoliy Koreyani öz xavfsizligiga asosiy tahdidlardan biri sifatida körişidir. Şu sababli Rossiya va Pxenyan örtasidagi harbiy yaqinlaşuv Seul va Tokioda xavfsizlikka oid xavotirlarni yanada oşirdi. Janubiy Koreya Ukrainaga qurol-yaroğ va boşqa turdagi yordam körsatişni kuçaytirgan bölsa, Yaponiya ham Kiyevni moliyaviy, texnik va boşqa yönalişlarda qöllab-quvvatlamoqda.
Asosiy xulosa şuki, Rossiya–Şimoliy Koreya harbiy yaqinlaşuvi Şarqiy Osiyo va Yevropadagi xavfsizlik masalalarini tobora bir-biriga boğlab bormoqda.
Suhbatni YouTube'dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.

















