AQŞning Birlaşgan milliy aksilharbiy koalitsiyasi huquq himoyaçilari AQŞ prezidenti Barak Obamadan Suriyadagi uruşni zudlik bilan töxtatişni talab qilişdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz uruşga qarşi kuraş va harbiy taşviqotning katta bosimi, AQŞ tomonidan olib borilgan bu uruş va barça boşqa uruşlarini oqlaydigan barça yolğon va yaşirin axborot ustidan ovozimizni baland qilamiz", deyilgan petitsiyada.
Petitsiya mualliflari Obamani Suriyadagi tuzumni almaştirişga qaratilgan siyosatni töxtatişga, Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga çaqirişgan. Bundan taşqari, ular Yaqin Şarqda xorijiy yollanma jangarilarga istalgan yordamni töxtatiş va Damaşqqa nisbatan sanksiyalarni bekor qilişni talab qilişgan.
Ta'kidlanişiça, murojaatni 50 dan köproq taşkilot va şaxs imzolagan, ular orasida AQŞning sobiq boş prokurori Remsi Klark ham bor.
Fevralda Barak Obamani harbiy jinoyatlar uçun sudga beriş talabi bildirilgan, Oq uy saytida çop etilgan petitsiya ostiga 8,5 ming kişi imzo qöygandi.












