APLning 8-turi doirasida «Çelsi» «Lester»ni 3:0 hisobida mağlub etdi. Öyindagi birinçi va ikkinçi gollarni urgan Diyego Kosta hamda Eden Azar goldan keyin alohida harakatlarni amalga oşirişdi.
Uşbu futbolçilar ikki qöllaridagi barmoqlari bilan 22 raqamini hosil qilişgan. Bu orqali ular şu raqam ostida öynovçi jamoadoşlari Villianga uning onasi ölimi uçun hamdardliklarini izhor qilişgan.


Şu bilan birga uçinçi gol muallifi Viktor Mozes bunday harakatni takrorlamadi.

Villian öyindan keyin Kosta va Azarga minnatdorçilik bildirdi.
«Onamning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan barça yaqinlarim, döstlarim va muxlislarimga minnatdorçilik bildirmoqçiman», — deb yozdi braziliyalik futbolçi Twitter’dagi sahifasida.
13 oktabr kuni 28 yoşli braziliyalik futbolçi onasining vafoti haqida ma'lum qilgan va onasi bilan instagramga şe'r yozib vidolaşgandi.











