Martinesda qörqinçli jarohat, Holandda dubl. Kun öyinlari
|13:14 / 18.10.202622 06612 min
«Çelsi» safarda muhim ğalabaga erişdi, ammo jiddiy yöqotişga uçradi; «Liverpul» raqibi ikki qizil olgan öyinda kambekka erişdi; «Siti» mavsum startida qatorasiga 7 öyindan iborat ğalabali seriya qayd etmoqda, Husanov ikkinçi bölimda jarohat olgan futbolçi örniga tuşirildi. Şanba kuni Yevropa çempionatlarida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: «Çelsi»da quruq öyin, Mareskada rekord, «Liverpul»da kambek
6 turdan keyin beşinçi öringa çiqib olgan va mavsumni mağlubiyatsiz ötkazayotgan «Everton» dastlabki 45 daqiqalikda turnir jadvalida özidan quyida joylaşgan «Çelsi»ni öziga mos bölgan, yakkakuraşlarga tayangan futbol öynaşga majbur qila oldi. Öyinda tez-tez töqnaşuvlar va töxtalişlar yuzaga keldi, faqat bölim oxirlarida Pikfordga iş topildi. Dastlab Kaysedoning zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga bordi, biroz ötib Angliya milliy jamoasi darvozaboni Pedru Netuning zarbasidan keyin tösin ostidan kirib ketayotgan töpni qaytarib qoldi.
Ikkinçi bölim esa Habi Alonso jamoasining tezkor goli bilan boşlandi. Kuçli bosim uyuştirgan londonliklar töpni olib qöyib, tezkor qarşi hujumda öz maqsadiga erişdi. Rodjers çap qanotdan oldinga taşlangan himoyaçi Hatoni töp bilan taʼminladi, u esa jarima maydoniga kirib borib, markazda böş turgan Netuga golli pas berdi. Köp ötmay portugaliyalik vinger yana bir qulay vaziyatdan foydalana olmadi.
Öyinning 65-daqiqasida esa xavotirli epizod röy berdi. «Everton» londonliklar darvozasi tomon jarima zarbasi ijro etiş huquqiga ega böldi: Kirnan Dyusberi-Holl töpni darvozabon maydonçasi hududiga oşirdi, u yerda esa mehmonlar darvozaboni Emiliano Martines va mezbonlar himoyaçisi Jarred Brantueyt töqnaşib ketdi. Ikki futbolçi boş bilan töqnaşgaç, gazonga quladi.
«Everton» futbolçisi darhol örnidan turdi, argentinalik darvozabonning jarohati esa jiddiyroq bölib çiqdi va unga 10 daqiqa davomida tibbiy yordam körsatildi. Bu vaqt davomida öyin töxtatib turildi, yakunda futbolçi zambilda maydondan olib çiqildi va şifoxonaga olib ketildi. U endi ikki oygaça jamoasiga yordam bera olmasligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
«Çelsi» öyinni 21 yoşli darvozabon Mayk Penders bilan davom ettirdi, u qolgan vaqt mobaynida darvoza daxlsizligini saqlab qoldi, Netu esa dublni rasmiylaştirdi. Eʼtiborli jihati, Bu «Çelsi»ning 17-yanvardan buyon ilk bor quruq öyin ötkazişi böldi, jamoa bungaça APLda qatorasiga 22 öyinda darvozasi daxlsizligini saqlay olmayotgandi. Muhimi bu ğalabadan keyin «Çelsi» kuçli törtlikka kirib oldi.
«Liverpul» kadrlar muammosidan qiynalişda davom etmoqda. Xalqaro tanaffusda jarohat olgan Isak va Gakpo safga qaytgan, ammo ikkinçisi hali maydonga tuşişga tayyor emas. Soboslai ham şanba kungi öyinda tuşirildi, ammo birinçi bölimda yana jarohat oldi Ekitike, Bredli va Gravenberhning yoniga borib qöşildi. Uning örniga tuşirilgan 19 yoşli Nioniga esa tajriba yetişmasligi körinib qoldi.
Qolaversa, qizillar jamoasida hujumlarni yakunlaşda aniqlik yetişmayapti. Hafta örtasida YEÇL öyinida het-trik qayd etgan Barkolya raqib xatosidan keyin töpni egallab, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borgandi, ammo töpga aniq zarba bera olmadi. «Brentford» esa öz imkoniyatini qöldan çiqarmadi va bölim oxirida Lyuis-Potter Igor Tiagoning uzatmasini golga aylantirdi.
Ammo «asalarilar» tanaffusga yaxşi kayfiyatda çiqib keta olişmadi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida Yarmolyuk raqib himoyaçisi Jakening yuziga boş bilan zarba berib yuborgani maʼlum böldi va videotakrordan keyin tajovuzkor harakat uçun qizil kartoçka körsatildi. Amalda bu epizod öyin taqdirini hal qildi.
Tanaffusda Andoni Iraola navbatdagi jarohat tufayli Arauhoni ham almaştirişga majbur böldi, lekin uning şogirdlari ikkinçi bölimda ğalabani öz tomoniga oğdira olişdi. Avvaliga Munios hisobni tenglaştirdi, keyin Isak ğalaba golini urdi.
Dokuning Fodenga uzatmasi bilan hisobni oçgan «Mançester Siti» ikki daqiqa ötmay öz darvozasidan gol ötkazib yubordi. Geyi «Ipsviç»hujumçisi Maedani ötkazib yubordi, yaponiyalik futbolçi esa darvozabonga heç qanday imkon qoldirmadi. Lekin turnir jadvali peşqadamlari birinçi bölimning özida yana hisobda oldinga çiqib olişdi – Kovaçiç öng qanotda faol harakat qilib, töpni Holandning boşiga yetkazib berdi.
Ikkinçi bölimda esa Erling yubiley golni urib, amalda öyin taqdirini hal qildi: u APLda penaltisiz urgan gollari sonini 100 taga yetkazdi va bu natija uçun eng kam öyin sarflagan (139) futbolçiga aylandi. Norvegiyalik hujumçi öyinni het-trik bilan yakunlaşi mumkin edi, ammo bu safar VAR vaziyatga aralaşib, unga pas bergan Enso Fernandeş ofsaydda bölganini qayd etdi. Öyin oxirida esa mezbonlar uçun xavotirli vaziyat yuzaga keldi va videotakrordan keyin Geyi jarima maydoni içkarisida Fatavuga nisbatan fol işlatgani maʼlum böldi. Belgilangan penaltini esa Flemming aniq ijro etib, hisobni qisqartirdi.
Hakam öyinga naq 12 daqiqa qöşib berdi, ammo qolgan vaqt mobaynida Abduqodir Husanov (u ikkinçi bölim davomida jarohat olgan Nuneş örniga öng qanot himoyasiga tuşirildi) va himoya çiziği boşqa gol ötkazmadi. Holandning gollari yakunda Enso Mareskaning rekordini taʼminladi: italiyalik mutaxassis APLda tayinlovdan keyingi dastlabki yetti öyinida ğalaba qozongan ilk murabbiyga aylandi.
Ispaniya: Baena ajoyib formada
«Espanyol» – «Atletiko» 0:1 Gol: Baena, 89 (0:1) «Espanyol»: Fortunio, Ridel, Kabrera, Drkuşiç (Nunes, 64), Inoxo, Al Hiloliy, Eksposito (Gabriel Maskardo, 73), Pol Losano, Saragosa (Puado, 82), Ernandes (Kalatrava, 73), R. Fernandes (M. Fernandes, 82) «Atletiko»: Oblak, Gansko, Romero (Mendosa, 67), Martines (Grimaldo, 46), Pubil, Barrios (Liorente, 55), Yulmand, Lukman (Alvares, 46), Simeone, Li Kan In (Baena, 62), Devid Ogohlantirişlar: Inoho, 81. Nunes, 87 – Yulmand, 22. Li Kan In, 43. Romero, 66. Baena, 68. Mendosa, 79
«Atletiko» «Espanyol»ni sönggi daqiqalarda taslim etib, tur yakuniga köra ikkinçi örinda qoladigan böldi. Ikkinçi bölimda zaxiradan tuşirilgan Alvares dribling işlatib çap qanotdan markazga köçdi va jarima maydoniga yaqinlaşib kelgan Aleks Baenani töp bilan taʼminladi. Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi mavsum startida madridliklar jamoasining eng sermahsul futbolçisi bölmoqda: u allaqaçon butun ötgan mavsumdagi golli harakatlaridan köproq gol va pas berişga ulgardi (5+2). Baenaning Diyego Simeone talablariga moslaşiş davri ortda qolgani tayin. Aleks yana ikkita aniq zarba beriş orqali «Vilyarreal»da öynagan davridagi öz golli rekordini takrorlaşi mumkin.
Italiya: «Napoli» çökmoqda, «Inter» – peşqadam
«Venetsiya» – «Napoli» 1:0 Gol: Adams, 49 (1:0) Aniq ijro etilmagan penalti: De Bryuyne, 68’ «Venetsiya»: Stankoviç, Moreno (Şingtenn, 72), Juan Jezus, Halhal, Zom (Fanne, 82), Başiç (Matssokki, 71), Peres, Haps (Helgason, 71), Ayno, Yeboa (A. Rrahmani, 63), Adams «Napoli»: Meret, A. Rrahmani, Badiaşile, Bekema (Politano, 63), Gilmor (De Bryuyne, 54), Lobotka, Spinatssola (Olivera, 82), Di Lorenso, Maktominey, Jovane (Santos, 55), Lukka (Hoylund, 54) Ogohlantirişlar: Başiç, 61. Peres, 80
Hafta örtasida YeÇLda «Vilyarreal»ga yutqazgan (1:3) «Napoli»ning muvaffaqiyatsizligi hafta oxirida Venetsiyada ham davom etdi. Şanba kungi öyin taqdirini De Bryuyne penaltidan foydalana olmasligi va himoyadagi birgina xato hal qildi. Mezbonlarning nigeriyalik hujumçisi Adamsning goli öyinda yagonaligini saqlab qoldi va bu neapolitanliklarning bu mavsumdagi beşinçi mağlubiyatiga (barça turnirlar doirasida) aylandi. Jamoada bu kabi muvaffaqiyatsiz start oxirgi bor 25 yil oldin, Luidji De Kanio boşçiligida V seriyada qayd etilgandi.
Italiyaning YeÇLda muvaffaqiyatsiz qatnaşayotgan yana bir vakili «Inter» uçu ham «Bolonya»ga qarşi öyin yomon boşlangandi. Mezbonlar yarimhimoyaçisi Pobega 10-daqiqada markazdan yorib kirib, hisobni oçdi. Ammo amaldagi çempionlar tanaffus arafasida Tyuramning goli bilan muvozanatni tikladi.
Ikkinçi bölimda esa milanliklar vaziyatni öz tomoniga oğdirişdi. Avvaliga Zelinski Karlos Augustuni qulay vaziyatga çiqardi, keyin esa braziliyalik futbolçining özi şunday holatda Bonniga assistentlik qildi. «Intera» yetti turdan keyin 19 oçko jamğargan holda turnir jadvalida peşqadamlik qilişda davom etmoqda.
«Roma» ham hafta örtasida «Real» bilan öyinda oğir ruhiy zarbaga uçragandi. Qolaversa, tarkibda jiddiy yöqotişlar yuzaga kelgan (darvozabon Svilar va jamoa yetakçisi Dibalada jarohat, asosiy hujumçi Molenda diskvalifikatsiya). Natijada rimlik muxlislarning sevimlisi hisoblangan Daniele De Rossi boşqaruvidagi «Jenoa»ga qarşi öyinning birinçi bölimida hisob oçilmay qoldi. Ammo ikkinçi bölimda Kastro «börilar» safida urgan ilk gol öyinni özgartirib yubordi.
Argentinalik futbolçi burçak zarbasi vaqtida raqib futbolçilari qurşovida turgan holatda şedevr zarba ijro etdi va töpni darvozabon ustidan oşirib taşladi. Ikkinçi bölim davomida 19 yoşli himoyaçi Lulli öyin taqdirini hal qiluvçi golni urdi. Deyarli ikkinçi tarkibi bilan öynagan «Roma» ğalaba qozondi va «Inter» bilan ikki oçkolik farqni saqlab qoldi. «Latsio» bugun «Yuventus»ni mağlub eta olmasa, «börilar» turnir jadvalidagi ikkinçi örinni ham saqlab qoladi.