Transferlar bozorida doimgidek APL klublari faollik körsatmoqda. Jamoalar allaqaçon tarkiblarini yangi futbolçilar bilan töldirişdi, lekin qolgan bir oy davomida navbatdagi katta transferlar ham röy berişi mumkin.

«Arsenal»

Kim kerak: çap qanot vingeri, markaziy yarimhimoyaçi, hujumçi

Umuman olganda, «kanonirlar»da sifatli va keng tarkib mavjud – Mikel Arteta alohida öyinlarda ham, uzun mavsum davomida ham faol rotatsiya qiliş imkoniyatiga ega. Ammo yanada kuçaytirişga zarurat bölgan bir neça pozitsiyalar borki, transferlar bozoridagi sönggi miş-mişlar ham buni tasdiqlaydi.

Sönggi kunlarda «Real» bilan şartnomasi tugaşiga bir yil qolgan va yangi şartnoma böyiça kelişa olmayotgan Vinisius haqida turli xabarlar çiqmoqda. ESPN va The Athletic naşrlari londonliklar rahbariyati uşbu braziliyalik yulduzni transfer qiliş ğoyasini bir ovozdan ma’qullaşi haqida yozgan. «Arsenal»da çap qanot ançadan buyon oqsamoqda – ötgan mavsumda hujumlarning faqat 33 foizi şu qanotdan amalga oşirilgan, öng qanotdagi körsatkiç – 43 foiz. Qolaversa, bu yozda Leandro Trossar ham jamoani tark etdi. Töğri, «kanonirlar» allaqaçon bu qanotga 40 million yevroga «Bryugge» vingeri Xristos Zolisni transfer qildi, ammo u hali Martinelli bilan qançalik raqobatlaşa olişi aniq emas.

Şuningdek, markaziy hujum çiziği böyiça mavhum vaziyat yuzaga kelgan. Yokereşning transferini muvaffaqiyatsizlik deb bölmaydi, ammo u baribir özini supertöpurar sifatida körsata olmadi. Havers esa sönggi yillarda köp jarohat olmoqda. Şunday ekan, «Arsenal» Hulian Alvares atrofidagi vaziyatni sinçkovlik bilan kuzatib borayotgani bejiz emas. Miş-mişlarga köra, «kanonirlar» argentinalik hujumçi transferi uçun Yokereş va qöşimça mablağ berişni közlagan.

Jamoa yarimhimoyasidagi Rays va Subimendiga esa rotatsiya kerak, ularning ikkisi ham ötgan mavsumda töxtovsiz öynaşiga töğri keldi va mavsum oxiriga borib toliqib qolişdi, zaxiradagi Kristian Norgarga esa Arteta işonç bildirmadi. «Arsenal» bu pozitsiya uçun «Nyukasl» sardori Bruno Gimarayş böyiça muzokaralar olib bormoqda, «qarğalar» 80 million yevrolik taklifni rad etişgan va futbolçi uçun 80 million funt söraşmoqda.

Agar bu transferlar amalga oşadigan bölsa, «Arsenal» nafaqat APLda, balki YeÇLda ham çempionlik uçun asosiy da’vogarga aylanadi.