BRIKS mamlakatlari rahbarlari xalqaro hamjamiyatni terrorizm böyiça BMTning keng qamrovli konvensiyasi qabul qilinişini tezlaştirişga çaqirdi. Bu haqda Goadagi sammit yakunlariga köra qabul qilingan deklaratsiya asosida RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.
«Biz barça mamlakatlarni BMT Boş assambleyasi doirasida xalqaro terrorizmga qarşi keng qamrovli konvensiya qabul qilinişi böyiça işlarni jadallaştirişga çaqiramiz», — deyilgan hujjatda.
Deklaratsiyada şuningdek birlaşmaning xalqaro terrorizm, xususan, IŞID böyiça umumiy pozitsiyasi ifodalangan. Bu terrorçi taşkilot butun dunyodagi tinçlik va barqarorlikka katta tahdid solib turgani qayd etilgan.
BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR) sammiti 15-16 oktabr kunlari Hindistonning Goa şahrida bölib ötdi.












