Rossiya, AQŞ va Yaqin Şarq davlatlari vakillarining Lozannadagi uçraşuvida Suriya masalasi böyiça uç jihat muhokama qilindi, biroq ulardan birortasi böyiça kelişuvga kelinmadi. Bu haqda Misr taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd yozdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Lozannadagi uçraşuvda uç masala: gumanitar yordam yetkaziş, siyosiy jarayonni biror-bir dastlabki şartsiz davom ettiriş va terrorçilarni örtamiyona muxolifatdan ajratiş muhokama qilindi. Uçraşuv heç qanday natijaga olib kelmadi, tomonlar aloqalarni davom ettirişga kelişib oldilar", deb aytdi Abu Zayd.

Abu Zaydning ta'kidlaşiça, ba'zi davlatlar vakillari "joylarda muxolif guruhlarga ta'sirni yöqotişdan körqmoqdalar". Uning aytişiça, muhokama davomida Suriyada öt oçişni töxtatişga qanday erişiş borasida kelişmovçilik bölgan.