Turar joy ijarasi bilan şuğullanuvçi Airbnb servisi sayyohlarga Drakula qasri sifatida maşhur bölgan Ruminiyadagi Bran qasrida tunaşni taklif qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Uşbu qasr hududida tunni ötkazişga 1948 yildan beri ilk marotaba ruxsat berilmoqda.

Airbnb aksiyasi doirasida ikki nafar ğolib 31 oktabrdan 1 noyabrga ötar tunni qasrda ötkazişi mumkin böladi. buning uçun ular Drakula bilan şaxsiy uçraşuvda qanday suhbat bölişini özlari öylab topişga töğri keladi.

Mehmonlar uçun ekskursiya uyuştiriladi, şundan söng şam yoruğligida mehmondorçilik böladi. Söngra Drakulaga taqlid qilgan holda qizil baxmal bilan qoplangan tobutga yotiş taklif qilinadi. Buni istamaganlarga oddiy töşak beriladi. Sarimsoq va kumuş taqinçoqlar taqiqlanadi.











