Özbekistonda turistik yiğim sohaning iqtisodiy xususiyatlaridan kelib çiqqan holda qayta körib çiqiladi. Bu – davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga oid farmonida belgilandi.
Farmonga köra, turistik yiğim miqdori joylaştiriş vositalarining xona va örinlari sotiliş narxiga qarab belgilanadi hamda barça uçun yagona stavka joriy etiladi.
Şuningdek, mehmonxonalar uçun avtoturargohga oid majburiy talablar ham qayta körib çiqiladi, jumladan, bu talablar infratuzilmadan kelib çiqib belgilanadi.
Turoperatorlarga 10 nafardan ortiq sayyohlik guruhlari uçun sotib olingan madaniy meros obyektlariga kiriş çiptalari uçun 30 foizgaça çegirma beriş rejalaştirilmoqda.
Uç oy içida yuqoridagilarni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasi tayyor bölişi kerak.












