Bugun Özbekiston hukumati portalida faol işlayotgan Boş vazirning virtual qabulxonasiga (pm.gov.uz) yurtdoşlarimizdan muammolari, ariza va şikoyatlari tezda hal qilingani uçun minnatdorlik xatlari, hayotiy takliflar kelib tuşmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Xususan, yangiyöllik Alişer Tursunov şu yil boşida tuman Yer uçastkalarini beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiqiş komissiyasi ötkazgan tanlovda ğolib bölib, 38 gektar yerda «Baxt Kamol Erki» fermer xöjaligini taşkil etgan. Fermerning aytişiça, bu yil ğalla şartnomasini 110 foizga bajarib, niyati ğallaning puliga kiçikroq bir traktor sotib oliş edi. Biroq «Özdonmahsulot» AK tarkibidagi «Ğalla-Alteg» aksiyadorlik jamiyati fermer xöjaligining 50 million söm pulini bermay, tadbirkorni uç oy sarson qilgan.

– Şu uç oy içida deyarli barça vakolatli taşkilotlarning «Işonç telefoni»ga qönğiroq qildim, foydasi bölmadi, bu yoqda yerni haydab bergan traktorçilar kunora uyimga kelib pulini qistaydi, – deydi A.Tursunov. – Boş vazirning virtual qabulxonasiga murojaatimdan söng uç oyda bitmagan işimni uç kunda hal qilib berişdi: könglim toğday kötarilib ketdi, traktorçilardan ham qarzimni uzdim. Bu virtual qabulxona biz, tadbirkorlar uçun suyanç toği bölmoqda, bu bizni yanada katta kuç-ğayrat bilan işlaşga undamoqda.

Boş vazirning virtual qabulxonasi, ayniqsa, qişloq joylardagi aholining huquqiy madaniyati oşib borişida samarali vosita, oydin közgu bölmoqda. Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidan Gulixon Vafoyeva 6 oktabrda jönatgan xatida şunday yozadi: «Hurmatli Özbekiston Respublikasi Boş vaziri. Sizga uç masala böyiça amaliy yordam sörab, ariza taşlagandim: oilaviy, qişloq şaroiti va «Ucell» kompaniyasida mobil aloqa yaxşi emasligi haqida. Mutasaddilar kelib, oilaviy va qişloq xöjaligi masalalarini hal qilib berişdi. «Ucell» kompaniyasi vakillari qişloğimizga antenna örnatiş böyiça işlarni boşlab yubordi. Qişloqda yaşayotgan bizdek oddiy fuqarolarning dardiga quloq tutib, masalalarimizni hal etib berayotganingiz misolida sizning Birinçi Prezidentimiz ğoyalariga naqadar sodiq ekaningizga amin böldik».

Yana bir misol: Buxoro viloyati Olot tumanida istiqomat qiluvçi Norjon Safarova yaqinda dökondan ikki qop un sotib oladi. Aytişiça, avvalo, plastik kartoçka orqali savdo qilgani uçun unga unni qimmatroq sotişadi. Boz ustiga birinçi nav deb berilgan un ança sifatsiz bölib çiqadi. N.Safarova dökondor bilan kelişolmagaç, adolat izlab tuman soliq idorasiga boradi. U yerda ayolga Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining «Işonç telefoni»ga murojaat qilişni aytişadi. Qömitaning hududiy boşqarmasidan Norjon opani Olot tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yuborişadi. Bu yerda N.Safarova sifatsiz unni laboratoriya tekşiruvidan ötkazib, şu xulosa asosida sudga murojaat etişi kerak edi. Ikki qop un keltirgan şunça dahmazadan boşi gangigan ayol «ikki qop unga kuydim-da», deb şalvirab uyiga qaytarkan, televideniye orqali Boş vazirning virtual qabulxonasi haqida eşitib qoladi.

– Darhol 10-00 qisqa raqamiga murojaat qildim, masala tezda hal böldi, – deydi N.Safarova. – Işim-ku bitdi, lekin öylayman-da: odam hatto aytişga xijolat böladigan şunday kiçik masalani Boş vazir darajasigaça olib boriş kerakmi? Şularni tuman doirasida hal qilsa bölmaydimi? Bunga nima xalal beradi? Hammaga ma'lum gap: quyi böğinlardagi ayrim rahbaru xodimlar qoğozda göyo hamma masalani hal qilaverar, bu muammolar aslida hayotda yeçilmay yoki ahvol özgarişsiz qolaverardi. Endi heç kim bunday qilolmaydi. Çunki Boş vazirning virtual qabulxonasi mamlakatimizning barça joyidagi asl vaziyatni oynaday körsatib bermoqda.

Farğona viloyati Marğilon şahridagi «Texygen» MÇJ Rossiyaga ip-kalava mahsulotlarini eksport qiliş böyiça şartnoma imzolagan. Şu yil 1 oktabrda “Agrobank”ning Marğilon şahar filiali va Farğona viloyati bojxona boşqarmasi ulangan taşqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimida yuz bergan nosozlik tufayli eksport töxtab qoladi. «6 oktabrda Boş vazirning virtual qabulxonasiga amaliy yordam sörab murojaat qilgan edik. Bank va bojxona xodimlarining xizmatlari tufayli 7 oktabrda korxonamizdan 42 ming AQŞ dollarilik mahsulot eksporti amalga oşirildi. Tezda amaliy yordam körsatib, xorijiy hamkorlar oldida yuzimizni yoruğ qilgani uçun Özbekiston Boş vaziridan minnatdormiz», deyiladi «Texygen» MÇJ direktor örinbosari Avazxon Möminovning pm.gov.uz manziliga jönatgan xatida.

Ha, adolatning katta-kiçigi bölmaydi. Kölami, mohiyat-e'tiboridan qat'i nazar, har bir inson hayotida loaqal bitta masala yeçilsa ham, şu şaxsning davlat hokimiyatiga, jamiyatga, ertangi kunga işonçi mustahkamlanadi. U endi tongda katta mehnat iştiyoqi va yaşaş zavqi bilan uyğonadi, xalq farovonligi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga nimadir hissa qöşişga çoğlanadi. «Mahallamizda sement qoplaş işlari bajarilayotgani oqibatida zararli çangdan yon-atrofdagi 40-50 xonadon ahli, ayniqsa, farzandlarimizning tez-tez allergiya bölişidan aziyat çekayotgan edik. Bir yil davomida javobsiz qolgan arizamizni beş kunda hal qilib bergani uçun barçamiz Boş vazirimiz Şavkat Mirziyoyevdan minnatdormiz. Ekologiya sohasi xodimlari kelib, bu muammoga çek qöyişdi», deya xat yöllagan Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida istiqomat qiluvçi Muzaffar Abdurahmonov. «2014 yildan beri hovlimning kadastr hujjatini qilolmayotgan edim. Virtual qabulxonaga murojaatimdan bir kun ötib, uyimga tuman kadastr xizmati xodimlari kelib, hovlimning kadastr hujjati tayyor ekanini aytişdi. Bu portal – çin ma'noda xalq minbari, muammolar va ularning yeçimi aks etadigan közgu bölmoqda. Bunga öz hayotimda amin böldim», deya minnatdorlik xati yöllagan Toşkent şahri Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi Saida Sodiqova.

Çirçiq şahridan Temur Kindus şunday yozadi: «4 oktabrda «Özsanoatqurilişbank» ATB Çilonzor filiali xodimlarining milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qiliş böyiça bergan rad javobi yuzasidan qilgan murojaatim ertasi kuniyoq hal böldi. Muammolarga şunday tez sur'at bilan samarali yeçim topişga xizmat qilayotgan virtual qabulxonaga rahmat aytaman». Yoki Navoiy şahridan Baxtiyor Useinov ham öz xatida pm.gov.uz manziliga murojaatdan söng «qisqa vaqtda Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 500 AQŞ dollarini konvertatsiya qilib bergan»ini yozgan.

Ijtimoiy muammolar haqida gap ketar ekan, bu borada kommunal soha hamon eng oğriqli ekani barçamizga ayon. E'tiborlisi, Boş vazirning virtual qabulxonasiga kommunal sohadagi muammolar hal etilgani bois köplab minnatdorlik xatlari kelmoqda. Xususan, murojaatdan söng Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşovçi Dilşod Abduvaliyev, Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi Oytöla Solihova xonadonlarida gaz ta'minotidan notöğri hisoblangan katta miqdordagi qarzdorlik bekor qilindi. Olmazor tumanida yaşovçi Marvaridxon Ibragimova «Katta rahmat, prokuratura xodimlari elektr ta'minotini tiklaşga yordam berişdi. Har qanday murojaat nihoyatda tezkorlik bilan örganilib, muammolar bartaraf etilmoqda», deb yozsa, «Bunday tezkorlik va hozirjavoblikka qoyilmiz! Şikoyatimiz darhol örganilib, muammo barham topdi: hovli sahni toza, ozoda, hamma axlat olib taşlanib, yon-atrof tartibga keltirilibdi. Barçasi uçun katta rahmat!», deya rahmat yöllagan çilonzorlik Anastasiya Li.

Turli masalalarda yordam va kömak sörab qilinayotgan murojaatlar ham öz vaqtida hal bölmoqda. Buxoro tumani «Şergiron» qişloq fuqarolar yiğinidan Niginabonu Baqoyeva şu yil 25 sentabrda yuborgan murojaati asosida iş bilan ta'minlandi. Farğona şahridan Rözmatjon Ahmedov «murojaatimdan söng meni Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga çaqirişib, yaqin kunlarda iş berilişini aytişdi. Işga kirişimdan ham köra, Boş vazirimizning bizday oddiy fuqarolarning murojaatiga şunday yuksak e'tiboridan behad quvondim», deb yozadi. Xorazm viloyati Urganç tumanidan Oybek Ernazarov ham yordam sörab yozgan murojaati e'tiborga olingani uçun bir umr minnatdor ekanini öz xatida ta'kidlagan: «Bugun uyimizga hokimiyatdan mutasaddilar kelib, singlimni tez orada Toşkentga yuborib, jarrohlik amaliyoti ötkazişda yordam berajaklarini aytib ketişdi. Bu yaxşiliklarni heç qaçon unutmaymiz». Virtual qabulxonaga murojaatidan söng Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida yaşovçi Şahribonu Axtamovani Özbekiston Madaniyat va sport işlari vazirligiga çaqirib, san'atda öz yölini topişiga yordam körsatişga va'da berişdi.

Boş vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan xatlar orasida bu xayrli taşabbusni qöllab-quvvatlab, minnatdorlik bildirilgan tilaklar juda köp. Ularni bir jihat birlaştirib turadi: Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan va boşlab bergan keng qamrovli islohotlar katta şiddat va kuç-ğayrat bilan izçil davom ettirilayotgani xalqimiz ruhini yanada kötarmoqda, ertangi kunga işonçni mustahkamlamoqda. Termiz şahridan Otabek Normurodov, Navoiy viloyati Karmana tumanidan Dilbar Muginova kabi tadbirkorlar Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevga şu yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmon kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanişini ta'minlaş, xususiy mulk himoyasi, uning daxlsizligi kafolatlarini yanada mustahkamlaş, tadbirkorlik rivojidagi byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga xizmat qilişini aytib, samimiy minnatdorlik izhor qilgan.

Virtual qabulxonaga yoşlarimizdan ham köplab xatlar kelib tuşmoqda. Çilonzorlik «Kamolot» YoIH faoli Dilyara Meldebekova mamlakatimizning qator şaharlarida yangi köp qavatli turar-joylar barpo etiş borasidagi xayrli taşabbus, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi öquvçisi Töra Törayev litsey yoşlari nomidan davlatimizning navqiron avlod kamolotiga körsatayotgan yuksak e'tibori va ğamxörligi uçun minnatdorlik bildirgan. Ular orasida poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi 44-maktabning 5-sinfida öqiyotgan Emir-Asan Boqiyevning Özbekiston Boş vaziriga yozgan xati e'tiborimizni tortdi: «Bugun Sizning Sergeli tumanidagi maktablardan biriga borganingizni eşitib, sinfdoşlarim bilan şu xatni yozişga kelişdik. Barçamiz Sizning maktabimizga kelişingizni juda xohlardik. Men surat çizişga juda qiziqaman. Sentyabrda «Samarqand» kartinasini çizdim. Agar maktabimizga kelsangiz, şu suratni Sizga sovğa qilmoqçi edim».

Bu misollar Boş vazirning virtual qabulxonasiga bölayotgan har bir murojaat qat'iy nazoratga olinganidan, ularda kötarilgan masalalar tezda yeçim topayotganidan dalolat. Bunda murojaat qiluvçilar öz şikoyat-arizalari Boş vazir darajasida körilayotganini çuqur anglab yetişlari lozim. Çunki barça şikoyatçi ham haq bölavermaydi: kimdir şoşib yo adaşib, masalaning tub mazmuniga yetib-yetmay, hatto notöğri ma'lumotlar bilan ham arz qiladi. Biroq şikoyat qiluvçi buni öz vaqtida anglab yetib, tan olsa – bu ham madaniyat va ma'naviy yetuklikning bir ifodasi. Mazkur virtual qabulxonaga kelayotgan murojaatlarda ham buni kuzatiş mumkin. Jumladan, Xorazm viloyati Qöşköpir tumanidan Rinat Abrorov öz xatida şunday yozadi: «2016 yil 29 sentabrda dadamning umumiy ahvoli va uni muntazam davolab kelgan vraçlar haqida yozganman. Murojaatim tekşirilganda, bildimki, Xorazm viloyati onkologiya dispanserida haqiqatdan ham kimyoviy preparatlar ta'minoti 30-35 foizni taşkil etar ekan. Bu preparatlar dispanserda bor paytida dadamga töliq berilgan, qolgan vaqti özim sotib olganman. Soğliqni saqlaş vazirligining 191-buyruği bilan taniş bölmaganim sababli vraçlar haqida notöğri fikrga borgan ekanman. Kimyoviy preparat taqsimoti böyiça qonunbuzarlik bölmaganini angladim».Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani Suvsulton qişloğidan Loçin Jörayev ham virtual qabulxonaga murojaat qilib, «adaşib, notöğri xabar yozgani uçun» keçirim söragan: «Özim Toşkentda yaşayman, qişloğimda gaz ta'minoti yetarliça yölga qöyilgan ekan. Menga kelgan notöğri xabarga asoslanib, Sizga iltimosnoma yozgandim. Murojaatimni körib çiqqaningiz uçun rahmat, anglaşmovçilik uçun uzr sörayman».

Ma'lumki, har bir murojaatni körib çiqiş, örganiş, tahlil etiş vaqt talab qiladi. Agar murojaatlarda kötarilayotgan masalalar muayyan hudud, odamlar, umuman, jamiyatimiz uçun foydali, adolatli va örinli bölsa, nur ustiga nur.

...Özbekiston Respublikasi Boş vazirining virtual qabulxonasiga kelayotgan minnatdorlik xatlari, takliflar, tilaklarni öqirkansiz, ularning barida ezgu niyat, ezgu söz, ertangi kunga mustahkam işonç mujassam ekaniga amin bölasiz. Şunda beixtiyor Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç» kitobida aytgan buyuk da'vat ong-qalbimizda jarang soçadi: «Bu hayotda odam ba'zan özini yöqotib qöyadigan ğoyat murakkab muammolarga duç keladi. Keskin vaziyatdan çiqişning iloji yöqdek tuyuladigan holatlar bor. Şunday paytda, işda va hayotda, jamiyatda oğir savdolarga duç kelganda kim özining yölini yöqotmasligi mumkin? Öylaymanki, birinçi navbatda öz kuçiga işongan, ruhiy dunyosi, ma'naviy olami baquvvat bölgan odamgina bunday vaziyatdan yoruğ yuz bilan çiqa oladi. Ma'naviy boylik şunday paytda odamga katta kuç va madad beradi».

Istagimiz – öz kuçiga işongan, ruhiy dunyosi, ma'naviy olami boy odamlarimiz köpayaversin. Boş vazirning virtual qabulxonasi bu yölda ularga madadkordir.