Markaziy bank 2026 yil I çorak yakunlari böyiça murojaatlar bilan eng yomon işlaydigan banklar indeksini e’lon qildi.
Regulyator baholaş natijalariga köra, eng köp şikoyat tuşgan bank — «Biznesni rivojlantiriş banki». Keyingi örinlardan «Anorbank», «Mikrokreditbank», «AVO bank» va «TBC bank» örin olgan.

Markaziy bankka köra, mijozlar soniga nisbatan murojaatlar uluşining yuqori bölişi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiş zarurligini körsatadi:
bank mahsulotlari va xizmatlari böyiça mijozlarga yetarli tuşuntiriş berilmasligi;
murojaatlarga öz vaqtida va sifatli javob taqdim etilmasligi;takroriy şikoyatlarga sabab bölayotgan tizimli kamçiliklarning saqlanib qolişi;
masofaviy xizmatlar, tölovlar, kreditlar va boşqa bank operatsiyalari bilan boğliq muammolarning öz vaqtida hal etilmasligi;
iste’molçilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça içki nazorat mexanizmlarini yanada takomillaştiriş zarurligi.
Şu bilan birga regulyator mazkur banklarga quyidagi tavsiyalarni berib ötgan:
murojaatlar kelib çiqiş sabablarini çuqur tahlil qiliş;
takroriy şikoyatlarga olib kelayotgan omillarni bartaraf etiş;
murojaatlarni körib çiqiş jarayonlarini takomillaştiriş;
mijozlarga xizmat körsatiş sifati va içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş;
iste’molçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan profilaktik çoralarni kengaytiriş.
«Mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki işonçliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tuşgan murojaatlar uluşini aks ettiradi. Çorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tuşgan banklar böyiça indeks hisoblanmaydi», deyiladi MB xabarida.











