Eron millatiga mansub amerikalik tadbirkor Siamak Namoziy va AQŞ hamda Eron fuqaroliklariga ega bölgan uning otasi, YUNISEFning sobiq vakili Bakir Namoziy AQŞ bilan hamkorlik qilganlari uçun Eronda 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ma'lum qilinişiça, Eronning neftga boy bölgan Xuziston viloyati gubernatori bölgan Bakir Namoziy va uning öğli "duşman amerika hukumati foydasiga ayğoqçilik qilişda" ayblandilar. Mutaxassislarning fikriça, ayğoqçilikka şubhaning paydo bölişiga Siamak Namoziyning ikki davlatni yaqinlaştirişga qaratilgan faol harakatlari sabab bölgan bölişi mumkin.

Hozirça AQŞ Davlat departamenti ham, ayblanuvçilarning tarafdorlari ham sud hukmi yuzasidan izoh berişmadi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, ayğoqçilikda gumon qilingan, Eron va AQŞ fuqaroliklariga ega bölgan yana uç kişi Erondan 2015 yilda sanksiyalar bekor qilingandan beri hibsda uşlab turilibdi.  

Eron köp fuqarolikni tan olmaydi va sudlangan fuqarolarga konsullik yordamini taqdim qilişga tösqinlik qiladi.

Avvalroq AQŞ amerikalik mahbuslarni ozod qilganlik uçun Eronning ikki bankidan sanksiyalarni olgani ma'lum qilingandi.