Hamilton vakillarining işonçi komil: elektrik dvigatelli havo kemalari  -  yölovçi va sport aviatsiyasining kelajagi. 

Bir motorli Silence Aircraft Twister  — Şveytsariyaning ikki kompaniyasi mahsulidir: qöl soatlarini işlab çiqaruvçi Hamilton kompaniyasi va Tomas Pfammatter (Air Zermatt qutqaruv jamoasi uçuvçisi) hamda paraglayding böyiça çempion Dominik Şteffen tomonidan asos solingan Hangar 55 loyiha byurosi.

Uçuvçi qurilma taqdimoti 21 sentabr kuni Şveytsariyaning Raron şahrida bölib ötgan. Taqdimotdan ikki kun avval Hamilton brendi vakili tajribali aviator Nikolya Ivanoff uni sinovdan ötkazgan. 

Bu Şveytsariyadagi yuqori uçuvçilik mahoratini namoyon etişga qodir ilk elektrik samolyotdir. Uning ölçamlari katta emas: kabinaga faqat bir kişi siğadi, maksimal parvoz massasi (samolyot, yoqilği, uçuvçi va yukxonaning umumiy oğirligi) – 420 kilogramm. Akkumulyator quvvati 160 kilometrni bosib ötiş uçun yetarli. Qurilmaga atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan Siemens dvigateli örnatilgan. Ijobiy aerodinamik sifatlar, yengil vazn hamda unça qimmat bölmagan ekspluatatsiya «Twister»ni ajoyib öquv samolyotiga aylantiradi. 

Hamilton kompaniyasi 1918 yildayoq aeronavtika tarixida öz nomini qayd etgan: öşanda brend Vaşington va Nyu-York örtasidagi poçta aviareyslarining rasmiy xronometristiga aylangan. 

1930 yillarda Amerikaning Trans World Airlines, United Airlines va boşqa kompaniyalarida faoliyat yurituvçi uçuvçilar Hamilton soatlarini taqib yurişgan. 
Ikkinçi jahon uruşi yillarida Hamilton öz mahsulotlarining a'lo sifati uçun Amerikaning «E» mukofotiga (Excellence in Production) sazovor bölgan. 

Uçuvçi Nikolya Ivanoff 10 yildan ortiq vaqt davomida köp sonli aviatsion musobaqalar va şoularda iştirok etib, Hamilton markasini namoyiş qilib keladi.