Afğonistonning "Tolibon" harakati mamlakat hukumati vakillari bilan Qatarda maxfiy muzokaralarni boşlagani töğrisidagi xabarlarni inkor etmoqda. Bu haqda, toliblar vakili Zabixulla Muhojid bayonot bergan.
"Islom amirligi vakillari Stanekzoy (Afğoniston razvedka xizmati rahbari Muhammad Masun Stanekzoy) bilan ham yoki boşqa biron afğon mulozimi bilan ham uçraşgani yöq", - deyiladi Muhojid bayonotida.
Avvalroq, Britaniyaning The Guardian gazetasi Afğoniston hukumati va toliblar vakillari örtasida maxfiy muzokaralar boşlangani haqida xabar qilgan edi.
Şuningdek, Afğoniston hukumatining nomini oşkor qilmagan vakili, mamlakat razvedka boşliği kamida bir marta Doxaga şu maqsadda borganini ta'kidlagan.
Biroq, hozirça, Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani rasmiy vakili yoxud Afğonistonda tinçlik örnatiş böyiça Oliy kengaş a'zosi Ismoil Qosimyor ham buni tasdiqlagani yöq.












