Tramp Putin va Zelenskiy bilan uç tomonlama muzokaralar yaqin vaqtlar içida bölib ötişiga umid bildirdi. AQŞ prezidenti jurnalistlar qarşisida bunday uçraşuv «juda tez fursatda» bölib ötişi mumkinligini aytdi. Tramp sammit davomida «sezilarli yutuqlarga erişilişi»ga umid qilmoqda. U bunday muzokaralar qayerda va qaçon ötkazilişi borasida töxtalmagan.

AQŞ, Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining uç tomonlama uçraşuvi böyiça vaziyat ança oydinlaşgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styorening Vladimir Putin bilan suhbatidan söng «ruslar Abu-Dabidagi uçraşuvga jiddiy qiziqiş bildirayotgandek hissiyot borligi»ni aytdi.

Zelenskiyning sözlariga köra, Abu-Dabidagi muzokaralar çoğida «energetika sohasida, şuningdek, dengizda vaziyatni yumşatiş, asirlarni almaşiş va ularni uyga qaytariş böyiça qadamlar»ni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Putin telefon muloqoti çoğida Finlandiya prezidenti va Norvegiya boş vaziriga slavyanlar tarixi töğrisida maʼruza öqigan. Natijada muloqot yarim soat örniga qariyb bir yarim soatga çözilgan, deya xabar beradi Financial Times manbalari. Stubb va Styore esa Putinning Yevropa bilan muloqotga qançalik jiddiy yondaşayotganini aniqlab oliş uçun uning gapini bölmaslikka qaror qilişgan.

Kreml matbuot xizmati esa uşbu muloqot töğrisidagi izohida «Putin Ukrainadagi mojaro zonasidagi mavjud vaziyatga baho berib, uning asl sabablarini eslatib ötgani»ni qayd etgandi. FT naşriga köra, suhbatda öt oçişni zudlik bilan töxtatiş masalasi muhokama qilinmagan.

Daniya boş vaziri Mette Frederiksen Sutbb va Styoreni Putin bilan gaplaşgani uçun tanqid qilgan. Uning aytişiça, bu taşabbus Yevroittifoqning boşqa mamlakatlari bilan kelişilmagandi. Finlandiya prezidenti bunga javoban u va Styore «bu muloqotni Yevropa vakillari sifatida emas, balki öz mamlakatlari rahbarlari sifatida ötkazgani»ni aytgan. Yevroittifoqdagilar hozirda Rossiya bilan muzokaralarga kimni yuborişni körib çiqmoqda. Stubb esa Donald Tramp bilan yaxşi munosabatlarga egaligi tufayli ehtimoliy nomzodlardan biri sanaladi.

Yevropa Ittifoqi vakillari ham Abu-Dabidagi muzokaralarda qatnaşmoqçi. Euronews maʼlumotiga köra, delegatsiyaga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayenning apparati rahbari Byorn Zaybert rahbarlik qiladi. Telekanal bunday formatdagi – AQŞ, Ukraina, Rossiya va Yevroittifoq vakillari iştirokidagi uçraşuv katta uruş boşlanganidan buyon birinçisi bölişiga eʼtibor qaratgan.