Abu-Dabi (BAA) şahrida AQŞ, Rossiya va Ukraina tinçlik muzokaralarining birinçi kunini yakunladi. Muzokara iştirokçilari rasmiy bayonot bermadi.

Ukraina prezident Volodimir Zelenskiy birinçi kunni «konstruktiv va ança mazmunli» deb atadi, biroq quyidagilarni taʼkidladi: «Rossiyaliklar bilan til topişiş qiyin. Ular, yumşoq qilib aytganda, bizning eng yaxşi döstlarimiz emas».

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio (u ham uçraşuvda qatnaşmadi) muzokaralar «juda samarali» ötganini maʼlum qildi, ammo oldinda hali «köp iş» borligini qayd etdi. Rossiya vakillari esa ertaga matbuot uçun brifing ötkazişga vaʼda berdi.

Ukraina OAV manbalarining bildirişiça, muzokaralarda xavfsizlik kafolatlari (jumladan, Rossiya uçun ham) va uruşdan keyingi kelajak - Ukrainani qayta tiklaş hamda «işonç inqirozi şaroitida» yangi xavfsizlik arxitekturasini şakllantiriş masalalari körib çiqilgan. Şuningdek, harbiy asirlar masalasi ham muhokama qilingan; tomonlar yirik asirlar almaşinuvini eʼlon qilişi kutilmoqda.

Muzokaralar boşlanişidan oldin Rossiya ularning maxfiy bölişini talab qilgan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi xavfsizlik arxitekturasi xususida: «Biz heç qanday modellarni ommaviy tarzda muhokama qilmaymiz», - deb taʼkidlagandi.