Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni Halabni bombardimonida e'lon qilingan "gumanitar tanaffus"ni uzaytirişga çaqirdi.
"Bir neça soatlik töxtalişdan ma'no yöq", - degan Fransiya prezidenti Merkel va Putin bilan muloqotida.
Fransiya va Germaniya yetakçilari Berlinda Vladimir Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilişgani xususida avval xabar berilgan edi.
Germaniya kansleri Putin bilan ötkazilgan muzokaralarni "qiyin" deb baholagan bölsa, Olland, Merkel va Putin bilan uçraşuvidan söng, Halabga berilayotgan havo zarbalarni harbiy jinoyat deb atadi.
"Halabda sodir bölayotgan narsalar – bu harbiy jinoyatdir. Asosiy talablarimizdan biri – Halabni tuzum va ittifoqçilari tomonidan bombardimon qilişga barham berişdir", - degan Olland.
Angela Merkel, öz navbatida, bombardimonlarni "noinsoniy va berahm" harakatlar deb ta'kidlagan.












