Loyihada referendumni o‘tkazish, ovoz berishni tashkillashtirish va ovozlarni hisoblash qoidalari bayon qilingan.
Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjyen Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish istagi Shotlandiyani 2014 yilda Buyuk Britaniyada qolish qarorini qayta ko‘rib chiqishga undaganini aytdi. Biroq bosh vazirning aytishicha, qayta ovoz berish masalasi ochiq turibdi, hujjat esa tavsiya xarakteriga ega.
Shotlandiyada o‘tkazilgan 1-referendum natijalariga ko‘ra, mamlakat Buyuk Britaniya tarkibida qolgan edi. Bunga 55 foiz aholi ovoz bergan. Biroq keyinroq ko‘pchilik shotlandiyaliklar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan norozilik bildirgandilar.











