Britaniya töliq raqamli immigratsiya tizimiga ötdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma’lum qilindi.

UKVI (Buyuk Britaniya immigratsiya boşqarmasi) arizaçilar pasportiga viza kartoçkalarini yopiştirişni töxtatdi. Endilikda barça yangi vizalar elektron tarzda rasmiylaştiriladi. 

Xavfsizlik (ularni yöqotib qöyiş, öğirlaş yoki soxtalaştirişning iloji yöq), tezkorlik va qulaylik elektron vizalarning asosiy afzalliklari sifatida qayd etilmoqda.

Agar arizaçi mamlakatga kirişga ruxsat oladigan bölsa, unga elektron viza uçun şakl taqdim etiladi. Arizaçi u bilan viza markaziga boradi. Viza maqomini tekşiriş uçun Britaniyaga borişdan oldin UKVI saytidagi şaxsiy kabinetga kiriş kerak böladi.