The Daily Telegraph va The Sun naşrlarining 19-avgust kuni tarqatgan ma’lumotlariga köra, şahzoda Harri va Megan Markl Kaliforniyaga köçib ketganidan olti yil ötib Buyuk Britaniyaga qaytişga tayyorgarlik körmoqda.
Bu haqda BBC va Press Association ham xabar bergan. Biroq hozirça Harri va Megan, şuningdek, Britaniya qirollik oilasi rejalarni rasman tasdiqlagani yöq. Şu sababli ularning AQŞdan butunlay köçib kelişi yoki Buyuk Britaniyada faqat bir neça oy yoxud yil yaşaşi hozirça noma’lum.
OAV ma’lumotlariga qaraganda, qirollik oilasi ham Harrining qaytiş rejasi haqida yaqindagina xabardor qilingan. Qirol Karl III bu haqda 16-avgust kuni bilgan. Manbalarning ta’kidlaşiça, monarx kiçik öğlining oilasi qaytişidan va nabiralari - 7 yoşli Arçi hamda 5 yoşli Lilibet bilan tez-tez körişiş imkoniyati paydo bölişidan mamnun.
Şahzoda Harri va amerikalik aktrisa Megan Markl 2018-yil bahorida turmuş qurgan. 2020-yil boşida esa ular qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari sifatidagi vazifalaridan voz keçib, keyinçalik AQŞga köçib ketgan edi. Bu jarayon Britaniya matbuotida «Megzit» nomi bilan maşhur bölgan.
Kaliforniyaga köçib ötganidan keyin Harri va Megan qirollik oilasi haqida bir qator keskin bayonotlar bergan. Xususan, Megan Harrining qarindoşlarini irqçilikda ayblagan. OAVda 2022-yilda vafot etgan qiroliça Yelizaveta II ham nabirasi va uning rafiqasining qirollik vazifalaridan voz keçişini oğir qabul qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sönggi vaqtlarda esa Harri va qirollik oilasi örtasidagi munosabatlar yumşay boşlagani aytilmoqda. 2025-yilda şahzoda oilasi bilan yaraşiş istagini bildirgan. Öşa yil sentyabrda Buyuk Britaniyaga taşrifi çoğida u Londonda otasi Karl III bilan uçraşgan.
2026-yil iyulida esa qirol Karl III köp yillik tanaffusdan söng kiçik öğlining oilasi bilan Angliyaning Glosterşir grafligidagi Xaygrouv qarorgohida uçraşgan. Arçi va Lilibet bobosi bilan bunga qadar oxirgi marta 2022-yilda körişgan edi. Matbuot ma’lumotlariga köra, Xaygrouvdagi uçraşuvda qiroliça Kamilla ham iştirok etgan.
Şu tariqa, agar Britaniya OAVda tarqalgan ma’lumotlar tasdiqlansa, Harri va Meganning qaytişi 2020-yilgi «Megzit»dan keyin qirollik oilasi bilan munosabatlardagi eng muhim özgarişlardan biri bölişi mumkin. Hozirça Bukinhem saroyi ham, Harri va Megan vakillari ham bu xabarlarga rasmiy munosabat bildirmagan.

















