Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya Yamanda havo zarbalari beriş böyiça amaliyotlarida yuzaga kelgan tanaffusni uzaytirmadi.
Yamanda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv 20 oktabr kuniga ötar keçasi 72 soat muddatga joriy etilgandi.
SABA agentligi ma'lumotiga köra, 23 oktabr kuni Yamanning Sano şahridagi turli nuqtalarga koalitsiya samolyotlari tomonidan 9 marta zarbalar berildi.
Saudiya qöllayotgan Yaman hukumatining TIV rahbari Abdulmalik al-Mahlafiyning "Frans Press" muxbiriga aytişiça, sulh muddatini uzaytiriş "foydasiz" edi.
Bundan oldinroq, BMTning Yaman muammosi böyiça maxsus vakili Ismoil Uld şayx Ahmad tomonlarni ziddiyatni töxtatişga çaqirgan va hududlarga gumanitar yordamlar yetkazib berilişiga şaroit yaratib berişni söragandi.












