Özbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 17 oktabrda «Davlat uluşi katta bölgan aksionerlik jamiyatlarida korporativ boşqaruvni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzoladi. Unga köra, «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi, «Özavtoyöl» kompaniyasi, «Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» unitar korxonasi hamda «Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi 2016−2017 yillarda aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi.

Bu haqda Qimmatli qoğozlar bozorini muvofiqlaştiriş va rivojlantiriş markazi ma'lum qilgan.

Hujjatda 10ta strategik aksionerlik jamiyati röyxati keltirilgan bölib, ular orasida yuqorida sanab ötilgan AJga aylantiriluvçi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegişli kompaniyalar ham bor:
«Özbekneftgaz» MXK;
«Özbekenergo» AJ;
«Özbekiston temir yöllari» AJ;
«Özbekiston havo yöllari» AJ;
«Özavtoyöl» AJ;
«Özbektelekom» AJ;
«Navoiy toğ-metallurgiya kombinati» AJ;
«Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati» AJ;
«Xalq banki» ATB;
«Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» ATB.