2026-yilda dunyoning bozor kapitalizatsiyasi eng yuqori bölgan aviakompaniyalari ma’lum böldi. Reyting CompaniesMarketCapʼning iyul oyidagi ma’lumotlari asosida tuzilgan bölib, unga faqat aksiyalari birjada sotiladigan ommaviy kompaniyalar kiritilgan. Xususiy va töliq davlatga qaraşli aviakompaniyalar hisobga olinmagan.

Reytingda birinçi örinni AQŞning Delta Air Lines aviakompaniyasi egalladi. Iyul oyida uning bozor kapitalizatsiyasi 58,5 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu ikkinçi örindagi eng yaqin raqobatçisidan 18 mlrd dollardan köproqqa yuqori.

Delta 1925-yilda taşkil etilgan bölib, boş qarorgohi Atlanta şahrida joylaşgan. Kompaniya kuniga 5,4 mingdan ortiq reysni amalga oşiradi va SkyTeam xalqaro avialyansining asosçilaridan biri hisoblanadi.

Ikkinçi örinni yana bir AQŞ aviakompaniyasi - United Airlines egallagan. Uning bozor kapitalizatsiyasi 40,1 mlrd dollarga baholangan.

AQŞning yirik aviakompaniyalari örtasida bozor qiymati böyiça sezilarli farq mavjud. Masalan, American Airlines kapitalizatsiyasi 10,1 mlrd dollarni taşkil etgan - bu Delta qiymatining beşdan bir qismidan ham kam.

Manbada bu farq American Airlinesʼning raqobatçilariga nisbatan pastroq rentabelligi va yuqoriroq qarz yuki bilan izohlangan.

Şu bilan birga, asosan Şimoliy Amerika hududida parvozlarni amalga oşiradigan Southwest Airlines 22,3 mlrd dollarlik bozor qiymati bilan American Airlinesʼdan ikki barobardan ham qimmat baholangan.

Ryanair Yevropada yetakçi

Reytingning uçinçi poğonasini Irlandiyaning Ryanair loukosteri egalladi. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 31,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Şu tariqa, Ryanair AQŞdan taşqaridagi eng qimmat aviakompaniya bölgan.

Dublinda joylaşgan Ryanair yölovçilar soni va amalga oşiriladigan reyslar miqdori böyiça Yevropaning yirik taşuvçilaridan hisoblanadi. Kompaniya biznes modeli nisbatan arzon bazaviy çiptalarga asoslangan, bagaj taşiş, örin tanlaş va boşqa qöşimça xizmatlar uçun esa alohida haq olinadi.

Ryanair bozor kapitalizatsiyasi böyiça IAG va Lufthansa kabi yirik Yevropa aviatsiya guruhlarini ham ortda qoldirgan.

Osiyo aviakompaniyalari kuçli yigirmatalikning yarmini egalladi