Murojaatlarda reyslarning bir neça soatga keçikişi, yölovçilarga öz vaqtida aniq axborot berilmasligi, sifatsiz xizmat körsatilişi, körsatilmagan xizmatlar uçun haq olinişi kabi holatlar qayd etilgan.
Bildirilişiça, ayrim hollarda taşuvçining aybi bilan keçikkan reyslar böyiça yölovçilarga kompensatsiya yoki muqobil yeçim taklif etilmagan. Bu esa fuqarolarning vaqti, mablaği va rejalariga jiddiy taʼsir körsatmoqda.
Qömita mahalliy aviareyslar taşuvçining aybi bilan keçikkanda yölovçilarga kompensatsiya tölanişi hamda isteʼmolçilar huquqlariga rioya etilişi holatlarini oçiq manbalar asosida örganmoqda.
Raqobat qömitasi aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi axborotlarni töliq taqdim etiş va qonunçilikka muvofiqlaştirişlarini, fuqarolardan esa uşbu sohadagi öz taklif va eʼtirozlari yuzasidan murojaat etişlarini söramoqda.

















