Havo transporti xizmatlari böyiça isteʼmolçilar murojaatlari 2026-yilning birinçi yarmida ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 barobarga köpayib, 300 dan ortiqni taşkil etdi, deya xabar bermoqda Raqobat qömitasi.

Murojaatlarda:

  • reyslarning bir neça soatga keçikişi;

  • yölovçilarga öz vaqtida aniq axborot berilmasligi;

  • sifatsiz xizmat körsatilişi;

  • körsatilmagan xizmatlar uçun haq olinişi kabi holatlar qayd etilgan.

“Tahlillarga köra, ayrim hollarda taşuvçining aybi bilan keçikkan reyslar böyiça yölovçilarga kompensatsiya yoki muqobil yeçim taklif etilmagan. Bu esa fuqarolarning vaqti, mablaği va rejalariga jiddiy taʼsir körsatmoqda.

Qömita mahalliy aviareyslar taşuvçining aybi bilan keçikkanda yölovçilarga kompensatsiya tölanişi hamda isteʼmolçilar huquqlariga rioya etilişi holatlarini oçiq manbalar asosida örganmoqda.

Yuqoridagilarga köra, aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi axborotlarni töliq taqdim etiş va qonunçilikka muvofiqlaştirişlarini, fuqarolardan esa uşbu sohadagi öz taklif va eʼtirozlari yuzasidan Raqobat qömitasiga murojaat etişlarini söraymiz”, – deyiladi rasmiy bayonotda.