Sky Sports eksperti Grem Suness APLning 9-turi doirasida «Çelsi» va «MYu» örtasida keçgan va 4:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin öz fikrlarini bildirib ötdi. U öyin hakami Martin Atkinsonning londonliklar vakili David Luizning raqiblar xavbeki Marvon Fellayniga nisbatan işlatgan foliga e'tibor qaratgan.
«Hakam uçun qiyin bölmagan epizod edi. Bu vaqtda arbitr qayerda joylaşganini hisobga olsak, u hammasini aniq körib turgandi. Luiz raqibga uzun tikanaklari bilan (butsa tişlari - tahririyat) tikka taşlanganini qanday körmaslik mumkin? Ammo u sariq kartoçka bilan kifoyalandi.
Axir Luiz qoidalarni oyoqlari bilan toptagandi… Bu uçun uni maydondan haydab çiqariş lozim edi. Atkinson esa şunçaki qörqoqlik qildi», – degan Suness Daily Mail naşriga.











