Germaniyaning Bremen şahrida 23 oktabrda ertalab mamlakat armiyasiga tegişli 15 ta yuk maşinasi yonib ketdi, deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.  

Huquq-tartibot muassasalarida yonğin ataylab uyuştirilgan bölişi ehtimoli ham mavjud. 

"Biz barça yönalişlar böyiça tergov olib bormoqdamiz" deb aytdi Bremen politsiyasi vakili DPA axborot agentligiga.

Ta'kidlanişiça, davlat xavfsizligiga xavf soluvçi  qoidabuzarliklarni tergov qiliş bölimi voqea sabablarini aniqlaştirmoqda.  

Maşinalar yonişi oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Qutqaruvçilarning ma'lum qilişiça, yonğin oqibatida bir million dollarga yaqin moddiy zarar yetkazilgan.