Pokistonning janubidagi Kvetta şahrida qurollangan jangarilar 500 nafar politsiya kursantini garovga oldi. Bu haqda Dawn gazetasi ma'lum qildi.

Jangarilarning politsiya kollejiga hujumi oqibatida kamida 20 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda RT. Yana 12 kişi jarohatlangan.

Ma'lum qilinişiça, bosqinçilar 5-6 kişi bölgan. Ular kollejga bostirib kirişgan.

Xavfsizlik kuçlari hududda maxsus operatsiyani boşlaşgan. Ma'lum qilinişiça, 2 jangari yöq qilingan. Kamida 7 nafar politsiyaçi jarohat olgan.

Mahalliy OAV yozişiça, kollej binosida öq ovozlari va kamida ikkita kuçli portlaş ovozi eşitilgan. Ta'kidlanişiça, terrorçilar avtomat va granatalar bilan qurollangan.

Maxsus operatsiyaga şuningdek Pokiston qurolli kuçlari jalb qilingan. Ikkita harbiy vertolyot havodan turib kömak körsatmoqda.