Suriya hukumat armiyasi va xalq laşkarlari Halabning janubidagi Bazza tepaligini nazorat ostiga oldilar. Bu haqda muxolifat ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ma'lum qilinişiça, Bazzadan terrorçilar egallab olgan 1070-mavzening katta qismi böyiça kuzatuv olib boriladi.   

"Hujum muvaffaqiyatli davom etmoqda. Biz harbiylar bilan birga Bazza tepaligini egalladik, yana bitta tepalik qölga kiritilsa, 1070-mavzedagi jangarilar töliq qurşovga olinadi", deb aytdi xalq laşkarlari vakili.

Suriya qöşinlari qöşni Xekme tepaligini ham qölga olişmoqçi. Aynan şu tepalik yordamida armiya terrorçilarning ta'minlaniş yölini tösa oladi. 

23 oktabrda Suriya qöşinlari uç kunlik gumanitar tanaffusdan keyin Halab janubiga hujumni qayta boşladi. Armiya jangarilardan havo hujumiga qarşi qism hududini va mobil aloqa minorasi joylaşgan tepalikni tortib olgan.