Suriyadagi muxolifat kuçlari payşanba kuni Hama şahri egallangani haqida e’lon qildi. Suriyalik harbiylar şiddatli töqnaşuvdan keyin uşbu muhim şahardan çekinganini tasdiqlagan. Isyonçilar ötgan haftada 2016 yildan buyon ilk bor mamlakatdagi ikkinçi eng yirik şahar Halabga kirgandi.

Hama egallangani — Halabdan poytaxt Damaşqqaça bölgan masofaning uçdan bir qismi bosib ötilganini anglatadi; uşbu şahar Suriyadagi fuqarolik uruşi boşlanganidan buyon hukumat kuçlari nazoratida qolgandi.

Isyonçilar qömondoni Hasan Abdul Ğani payşanba kuni tongida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida isyonçilar Hamaga kirişni boşlagani va uning markazi tomon bir neça yönalişda harakatlanayotganini aytgandi.

Keyinroq Ğani X ijtimoiy tarmoği orqali Hama markaziy qamoqxonasidan yuzlab mahbuslar ozod etilgani haqida yozgan.

Al Jazeera telekanali şahardagi yöllar kesişmasida tinç aholi isyonçilarni qanday qarşi olayotgani aks etgan kadrlarni namoyiş etgan. Boşqa kadrlarda Hama böylab maşinalar va mopedlarda harakatlanayotgan harbiylar aks etgan.

Suriya armiyasi avvaliga isyonçilar Hama şahrining biror tumaniga kirgani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini aytişgandi. Suriya mudofaa vazirligi bayonotida harbiylar şahar çekkasidagi «mustahkam» mudofaa çiziqlarida turgani aytilgandi.

Ammo keyinroq armiya rahbariyati şahar isyonçilar qöliga ötganini tan oldi. Navbatdagi bayonotda aytilişiça, şiddatli töqnaşuvlardan keyin armiya bölinmalari öz joylaşuvini Hama taşqarisiga köçirişga majbur bölgan — «tinç aholi hayotini saqlab qoliş va şahar köçalarida jang olib bormaslik uçun», deyilgan bayonotda.

Ötgan haftada isyonçilar mamlakatdagi ikkinçi eng yirik şahar Halabga kirgan va şundan buyon Idlib va Halabdan janubga, poytaxt Damaşq tomon yurişni davom ettirayotgandi, seşanba kuni Hama şimolidagi strategik tepaliklar egallangandi.

Hama 2011 yilda Başar Asadga qarşi namoyişlar ortidan boşlangan fuqarolik uruşi davomida hukumat kuçlari qölida qolgandi. Uning qulaşi Damaşqda va Asadning rossiyalik hamda eronlik ittifoqçilarida şok keltirib çiqardi, deya qayd etadi Reuters öz xabarida.