Suriyada sönggi tört yil mobaynida deyarli unutilgan fuqarolik uruşi yana faol fazaga ötdi. Ötgan haftada isyonçilar koalitsiyasi Halabni, bu haftada yana bir yirik şahar Hamani öz nazoratiga oldi. BBC uşbu mamlakatda nimalar bölayotgani, bu aynan nega hozir boşlangani, bunda Rossiyaning roli qandayligi va Suriya mojarosining yangi bosqiçi qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligini tuşuntirdi.

Nimalar bölmoqda?

27 noyabr, çorşanba kuni isyonçi guruhlarning «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi koalitsiyasi Suriyada Başar Asad hukumati nazorati ostidagi hududlarga yuriş boşladi.

Isyonçilar birinçi kuniyoq mamlakat şimoli-ğarbidagi Halab viloyatida harbiy baza hamda 15 ta qişloq egallangani haqida xabar berdi. Keyin ular mamlakatning ikkinçi eng yirik şahri bölmiş Halabni poytaxt Damaşq bilan boğlovçi asosiy magistralni tösib qöyişdi.

Juma kuniga kelib isyonçilar allaqaçon Halabda edi va şahardagi qadimiy qal’a oldidan fotosuratlar e’lon qila boşladi, bu joy 2012–2015 yillarda Asad armiyasining yetib bölmas bazasiga aylangandi.

Yakşanba kuni ular şaharni töliğiça öz nazoratiga olgani ma’lum böldi.

Suriyada fuqarolik uruşi yakuniga yetmaganmidi?

Suriyadagi fuqarolik uruşi mavzusi 2020 yildan buyon jahon naşrlari sahifalaridan tuşib qolgandi — bu qisman Yaqin Şarqdagi va undan taşqaridagi boşqa voqealar tufayli, qisman ğarblik jurnalistlar uşbu mamlakatga kirişi qiyinlaşgani tufayli. Ammo mojaro baribir hal etilmagandi.

Suriyadagi fuqarolik uruşi 2011 yilda — «Arab bahori» tölqinida hukumatga qarşi namoyişlar bilan boşlangandi. Namoyişlar turli isyonçi guruhlar va hukumat kuçlari töqnaşuvlariga aylanib ketadi. Isyonçi guruhlarning mafkuralari turliça edi, ammo ularni umumiy maqsad birlaştirgan — Asad rejimini ağdariş.

Turli isyonçi guruhlarni Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA kabi turli davlatlar, şuningdek, «Al-Qoida» va IŞID kabi guruhlar qöllab-quvvatlagan; Asad hukumati esa Rossiya, Eron va «Hizbulloh»dan yordam olgan.

IŞID 2014 yilda mintaqadagi hukmron kuçga aylanganida, mojaroga AQŞ rahbarligidagi xalqaro koalitsiya ham aralaşadi. U IŞID jangçilariga qarşi kuraşadi, ammo töğridan töğri Asad rejimiga qarşi turmaydi. Xususan, kurd jangçilaridan taşkil topgan va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan Suriya demokratik kuçlari taşkiloti mamlakat hududidagi IŞID kuçlarini tor-mor etadi.