21:26 / 26.10.2016
11422

Kechki dayjest: 26 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 26 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya do‘stlik safari bilan Qirg‘izistonga bordi


Foto: gov.kz

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Qirg‘izistonga safar qildi.

>>> Batafsil.

Qirg‘iziston prezidenti munosabatlarni mustahkamlash choralari uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi


Foto: UzReport

Qirg‘iz Respublikasi Davlat rahbari Almazbek Atambayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga hamdardlik bildirdi


Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kvetta shahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga hamdardlik bildirdi


Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga sobiq Amir Shayx Xalifa bin Hamad Ol Soniyning vafot etganligi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

>>>  Batafsil.

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida 79 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi


Foto: caravan.kz

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada buzilib qolgan avtobusdan 79 nafar o‘zbekistonlik qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulovga iqtibos keltirgan holdaTengrinews.kz.  

 >>> Batafsil.

Tadqiqot: Niderlandiyada dahshatli zilzila yuz berishi mumkin

Janubiy Koreya va niderlandiyalik olimlar, Niderlandiyaning Groningen viloyatida dahshatli zilzila yuz berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

>>>  Batafsil.

NYT nashri Obama lavozimidan ketgach nima qilishini aniqladi


Foto: © RIA Novosti

AQSh prezidenti Barak Obama lavozimidan ketgach, Silikon vodiysidagi yuqori texnologiyalar sohasida ishlashi mumkin. Uning vakolatlari 2017 yil 20 yanvarida poyoniga yetadi.

>>> Batafsil.

Janubiy Koreyada prezident atrofidagi mojarolar avjiga chiqmoqda


Foto: © RIA Novosti

Janubiy Koreya prokuraturasi notijorat fondlarda tintuv ishlarini o‘tkazdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu mamlakat prezidentining yaqin dugonasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 >>> Batafsil.

Atambayev Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqardi


Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste'fosi haqidagi farmonga imzo chekdi.

>>>  Batafsil.

Rossiyada amnistiya qilingan Nadejda Savchenko Rossiyaga keldi

Nazvaniye

Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi jurnalistlarining Donbassda halok bo‘lishiga oid jinoiy ish bo‘yicha Rossiyada sudlangan Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Moskvaga keldi.

>>>  Batafsil.

Kanadada 8 kishini o‘ldirgan hamshira sudlanmoqda

26 oktabr, seshanba kuni Kanadada hamshira Elizabet Treysi Mai Fettlaufer ustidan sud ishi boshlandi, u 8 nafar kishining o‘limida ayblanmoqda.

>>> Batafsil.

Marg‘ilonlik qizaloq Bokudagi festivalda g‘olib bo‘ldi

 

13-15 oktabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida VIII – bolalar “Mug‘om” festivali bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Xiaomi yilning eng bejirim smartfonlaridan birini taqdim etdi


Foto: tjournal

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi qurilmaning old panelini deyarli to‘liq egallagan Mi Mix smartfonini taqdim etdi.

>>> Batafsil.

BlackBerry o‘zining Android'dagi uchinchi smartfonini namoyish qildi


Kanadaning BlackBerry kompaniyasi o‘zining Android operatsion tizimdagi uchinchi smartfonini taqdim etdi.

>>> Batafsil.

APLning eng tezkor futbolchisi aniqlandi


Foto: eurosport.com

Britaniyaning The Telegraph nashri joriy mavumda APLning eng tezkor futbolchisini aniqlashdi.

>>>Batafsil.

Dunyodagi ilk futbol klubi tashkil topganiga 159 yil bo‘ldi


Foto: VVS

Olis 1846 yilda Kembrijs universiteti vakillari G. De Uinton va Jon Charlz Tring boshqa xususiy maktablar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

>>>  Batafsil.

Angliya Liga Kubogi: «Arsenal» «Reding»ni yengdi, «Liverpul»«Tottenhem» to‘sig‘idan o‘tdi va boshqa natijalar


Foto: «Arsenal» matbuot xizmati

Angliya Liga Kubogining 1/8 finalida «Arsenal» «Reding»ni qabul qilib, Aleks Okslend-Chemberleynning dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

>>> Batafsil.

Top