Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Kvetta şahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorçilik hujumi natijasida köplab insonlarning halok bölgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Navoz Şarifga maktub yölladi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.
Davlat rahbari Pokiston Hukumati va xalqiga çuqur ta'ziya bildirdi hamda halok bölganlarning oila a'zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.
Eslatib ötamiz, akademiyaga 25 oktabr kuni ertalab uyuştirilgan hujum natijasida 60 nafardan ziyod kişi qurbon böldi, 165 kişi jarohatlandi. Hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.












